Xitoyda bölib ötgan muzokaralar çoğida 14 ta Falastin guruhi Ğazo sektorida jangovar harakatlar tugaganidan söng «kelişuv uçun milliy muvaqqat hukumat» tuziş böyiça kelişuvga erişdi. Pekin deklaratsiyasi imzolangani haqida 23 iyul, seşanba kuni Xitoy taşqi işlar vaziri Van I e’lon qildi.
Xitoy ma’lumotlariga köra, imzo çekkanlar orasida HAMAS vakillari, şuningdek, uning raqibi - Falastinni ozod etiş taşkiloti (FOET)dagi eng kuçli fraksiya FATH bor. FATH Isroilning mavjud böliş huquqini tan olgan va aksariyat Ğarb davlatlarida falastinliklar vakili sifatida köriladi.
Pekin: Xitoy mojaroni hal qilişda konstruktiv rol öynaşga tayyor
Vang I, şuningdek, yaraşuv «Falastin guruhlarining içki işi», ammo «xalqaro hamjamiyat kömagisiz unga erişib bölmaydi» deb ta’kidladi. Xitoy Yaqin Şarqda «tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşda konstruktiv rol» öynaş niyatida, deya qöşimça qildi u.
HAMASning yuqori lavozimli rasmiysi Muso Abu Marsuk uning guruhi bayonotni imzolaganini tasdiqladi. «Biz milliy birlikka sodiqmiz va buni talab qilamiz», - deya uning sözlarini keltiradi AFP.
Xitoy sönggi yillarda Yaqin Şarqda iqtisodiy va diplomatik aloqalarni mustahkamlamoqda. Mintaqa Pekin uçun özining yirik infratuzilma loyihasi – «Yangi Ipak yöli»ni amalga oşirişda muhim ahamiyatga ega. Falastin-Isroil mojarosida Xitoy bir neça bor falastinliklar bilan birdamligini namoyiş etib, mustaqil Falastin davlatini yaratiş tarafdori ekanini bildirdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 39 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.








