13:11 / 28.05.2024
7508

Quyi Amudaryo biosfera rezervatida yangi tug‘ilgan Buxoro bug‘usi suratga olindi

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga dastlab 1976 yilda 3 bosh, 1978 yilda 9 bosh va 1987 yilda 9 bosh, jami 21 bosh Buxoro bug‘ulari Tojikistondan olib kelingan. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida monitoring ishlari davomida yangi tug‘ilgan Buxoro bug‘usi suratga olindi.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga dastlab 1976 yilda 3 bosh, 1978 yilda 9 bosh va 1987 yilda 9 bosh, jami bo‘lib 21 bosh Buxoro bug‘ulari Tojikiston Respublikasidan olib kelingan. 

2024 yilda rezervatda bahor mavsumida o‘tkazilgan sanoq natijasida 1566 bosh Buxoro bug‘ulari borligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda Quyi Amudaryo Buxoro bug‘usining dunyodagi eng katta populyatsiyasi saqlanadigan hudud hisoblanadi.

Buxoro bug‘usi yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Mavzuga oid
Top