O‘zbekiston | 10:10 / 29.05.2024
6892
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta yangi metro poyezdi olib kelindi

Yangi harakat tarkiblari asosan Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida harakatga chiqariladi.

Foto: Toshkent metropoliteni

Bugun, 29 may kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Metropoliten xabariga ko‘ra, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida harakatga chiqariladi.

Mavzuga oid