“Taraqqiyot strategiyasi” markazi maktab ta’limining rivojlanişiga xalal beruvçi asosiy 6 ta muammolarni örganib, öz tahlillarini e’lon qildi.
Malakali kadrlar yetişmaydi, kasb jozibador emas
Dastlab, muammoning asosiy sabablaridan biri sifatida öqituvçilik kasbining kutilgan va haqiqiy şaroitlar örtasidagi farqi keltirilgan. Ta’kidlanişiça, soha kam iş haqi va oğir mehnat şaroitlarini öz içiga olgan va bu omillar yuqori malakali nomzodlarni öqituvçilikni tanlaşdan qaytaradi.
2023 yil avgustdagi ma’lumotlarga köra, 220 ming nafar öqituvçining 86 ming nafari, 37 foizining malakasi “qoniqarsiz” deb baholangan. Ayniqsa, talab yuqori bölgan informatika, ingliz tili, fizika, matematika va kimyo fanlari böyiça öqituvçilar orasida vaziyat juda taşvişli.
Markazning yozişiça, sohada malakali kadrlarning yetişmasligi öqituvçilarni tanlaşning şaffof tizimi yöqligidan ham bölişi mumkin. Qayd etilişiça, 2024 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokamasida kasb egalarining aksariyati işga qabul qiliniş jarayonida adolatsiz holatlarga duç kelişi aytilgan. Ya’ni maktab rahbarlari öqituvçilarni lavozimga tayinlaşda köpinça taniş-biliş yoki korrupsion usullardan foydalangan şaxslarga ustunlik berişi, kasbiy mahorat va adolat tamoyillari buzilayotgani ta’kidlangan.
Sinflarda öquvçilar soni köp
Sinfdagi öquvçilar sonining köpligi öqitiş jarayonida har bir öquvçiga individual yondaşiş va e’tibor berişni qiyinlaştirişi, bu esa ta’lim sifatini pasaytirişi – köp jihatdan isbotlangan fakt. Mutaxassislarga köra, maktablarda örinlar yetişmasligi sabab respublikadagi ayrim sinflarda bolalar soni örtaça 40–50 nafarni taşkil etadi, garçi rasmiy tartibga köra sinfdagi öquvçilar soni 35 kişidan oşmasligi kerak bölsa ham.
Soha vakillari muassasa quvvatidan ham köproq bolalar öqiyotganini qabul jarayoniga turli şaxslarning aralaşuvi borligi bilan boğlagan. Masalan, Toşkent şahridagi bir maktab direktori öquvçilar soni ikki baravar köp bölişiga qaramay, bir yilda yuzta bolani qabul qiliş böyiça iltimoslar kelib tuşişini aytgan.
AQŞning Milliy maktab kengaşlari assotsiatsiyasi tomonidan ötkazilgan tadqiqotlarga köra, sinflardagi öquvçilar sonining köpayişi bolalarning ta’limdagi muvaffaqiyat darajasiga salbiy ta’sir körsatadi va xulq-atvor muammolarini kuçaytiradi. Bundan taşqari, öquvçilar ziçligi yuqori bölgan maktablarda darslarni qoldiriş holatlari köproq kuzatiladi.
Yangi texnologiyalar va innovatsion imkoniyatlarga e’tibor kam
Örganişlarga köra, Özbekistondagi köplab ta’lim muassasalari texnologik yangilaniş va jihozlarni yaxşilaş, şuningdek, zamonaviy öquv resurslaridan foydalaniş zaruratiga duç kelmoqda. Bu nafaqat kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotni yangilaş, balki öquv materiallarini, ya’ni ularni zamonaviy ta’lim standartlariga moslaştirişni ham öz içiga oladi.
Öquv materiallarining sifati ham ta’lim jarayonining muhim qismini taşkil etadi. Qayd etilişiça, tarixiy yoki geografik obektlarning notöğri joylaşuvi kabi darsliklardagi xatolar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada pasaytirişi mumkin. Taşkilot vakillari misol tariqasida 3-sinf öquvçilari uçun öqiş savodxonligi darsligida Içan-Qal’aning Buxoroda joylaşgan deb körsatib ötilganini keltirişgan. Bu öquvçilarni çalğitişi, öz mamlakati tarixi va geografiyasi haqidagi tuşunçalarini buzişi mumkinligi ta’kidlangan.
Bolalar boğça ta’limi bilan töliq qamrab olinmagan
IHTT ma’lumotlariga köra, Özbekistonda bolalarning atigi 67 foizi bir yil yoki undan köproq vaqt davomida maktabgaça ta’lim muassasalariga qatnaydi. Bu esa IHTT mamlakatlari böyiça örtaça 94 foiz körsatkiçidan ança past. Singapur va Yaponiya kabi mamlakatlarda maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş darajasi mos ravişda 99 foizni va 100 foizni taşkil etadi.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, maktabgaça ta’lim bolalarning keyingi hayotidagi ta’lim yutuqlari uçun muhim. Misol uçun, maktabgaça ta’limni bir yil yoki undan köproq vaqt davomida olgan öquvçilar PISA-2022da 15 yoşida matematika böyiça yuqori natijalarni körsatgan. Bu esa maktabgaça ta’limga umuman qatnamagan yoki bir yildan kam vaqt davomida öqiganlarga qaraganda ança yuqori. Bu erta ta’limga sarmoya kiritiş muhimligini ta’kidlaydi.
Ta’limdagi notenglik
Özbekistonda ta’lim resurslari va imkoniyatlari teng taqsimlanmaganligi ta’lim sifatidagi farqlarga olib keladi. YuNICEF, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, şaharda öqiydigan öquvçilar qişloqdagi tengdoşlariga qaraganda, matematika va tabiiy fanlarni özlaştiriş böyiça yaxşiroq natijalarga erişmoqda.
Bunday tengsizliklar davlat va ta’lim taşkilotlarining e’tiborini jalb qilib, hududlar örtasida ta’limdagi farqlarni qisqartirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşirişni, Özbekistondagi barça bolalar uçun sifatli ta’limga teng imkoniyatlarni ta’minlaşni talab qiladi.
Ota-onalar öquv jarayonini yetarliça qöllab-quvvatlamaydi
Aytilişiça, ota-onalar va keng jamoatçilikning ta’lim jarayonida passiv iştiroki bolalarning ta’lim sifatiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin. Maktab, oila va jamoalar örtasidagi aloqalar zaif bölsa, bu ta’lim muvaffaqiyatiga tösqinlik qilişi keltirilmoqda.
2023 yilda Özbekistonda 12 mingdan ortiq ota-onalar farzandlarini tarbiyalaş va öqitiş böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganliklari uçun jarimaga tortilgan. Qayd etilişiça, bu muammoning yorqin misoli bölib, ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga faol jalb etilişi, oila, maktab va mahalla örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga harakat qiliş zarurligini körsatadi.
Bunday jalb qiliş nafaqat bolalarning ta’lim natijalarini yaxşilaşga yordam berişi, balki ularda mas’uliyat va öquv jarayoniga jalb qiliş hissini tuğdirişi hamda ularning öqişga bölgan motivatsiyasi va qiziqişini oşirişi ta’kidlangan.
Maktab ta’limi sifatini oşiriş böyiça tavsiyalar
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etiş, maktab ta’limi sifatini oşiriş hamda maqsadli parametrlarni sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş uçun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi quyidagi çoralarni körişni taklif qilmoqda.
Birinçidan, öqituvçilikka tanlaşning şaffof va adolatli tizimini yaratiş kerak. Ta’kidlanişiça, nomzodlarning barçasi uçun aniq, xolis va bir xil qabul qiliş şartlari, mezonlari joriy etilişi lozim. Bu barça talabgorlar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaşga va eng malakali, ğayratli öqituvçilarni aniqlaşga yordam berişi aytilmoqda.
Bunga misollar ham keltirilgan. Masalan, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ta’lim böyiça prefektura kengaşlaridan, yozma imtihonlardan taşqari, işga qabul qiliş uçun suhbatga köproq e’tibor qaratişni talab qiladi. Bu esa öqituvçilarga ta’lim beriş uçun zarur bölgan sifat jihatlari va yuklatilgan vazifani bajarişda imkoniyatlarini aniqlaş uçun amalga oşiriladi.
Kanada maktablarida esa öqituvçilar yetişmasligining oldini oliş maqsadida Manitoba va Yangi Şotlandiya ştatlarida öqituvçilik tajribasiga ega bölmagan odamlarni öqituvçi bölişga jalb qiliş uçun muqobil sertifikatlaştiriş dasturlari mavjud.
Ikkinçidan, Yaponiyaning ilğor amaliyotini hisobga olgan holda, maktablararo pedagogik tajriba almaşinuvi taşabbusi amalga oşirilişi lozim. Yaponiyalik öqituvçilar har bir neça yilda dars beradigan maktabini özgartirib turişlari va özlarining kasbiy faoliyatlari davomida kamida bir marta qişloqdagi kiçik maktabda işlaşlari zarur. Uşbu yondaşuv öqituvçilarning kasbiy rivojlanişiga yordam beradi va mamlakatda ta’limning umumiy sifatini oşiradi.
Uçinçidan, maktab sinflarida öquvçilar sonining haddan taşqari köpayişiga yöl qöymaslik uçun öquvçilarni qabul qiliş ustidan qat’iy nazoratni örnatiş lozim. Bunda har bir sinfda 35 kişilik çegaraning qat’iy rioya qilinişini ta’minlaş zarur. Öquv xonalarining bandligini real vaqtda my.maktab.uz dasturi yordamida sinçkovlik bilan kuzatib boriş natijasida yangi öquvçilarni qabul qiliş jarayonini taşkil etiş mumkin. Bu dastur Özbekiston qonunçiligiga muvofiq, sinflarning ziçligi va öquvçilarni yaşaş joyi böyiça qabul qiliş bilan boğliq har qanday qoidabuzarliklar töğrisida mas’ul organlarga avtomatik ravişda xabar berişi va tegişli çoralar körilişini ta’minlaşi muhim.
Öquvçilarning yaşaş joyi böyiça maktablarga qabul qilinişi yölga qöyilgan Estoniya amaliyoti misol qilingan. U yerda maktabni tanlaşda uyga yaqinligi 3 km dan oşmaydi, şuningdek, bir maktabda aka-uka va opa-singillarni öqiş imkoniyati kabi mezonlar hisobga olinadi. Agar ma’lum bir hududda bolalar mahalliy maktabdagi örinlar soniga nisbatan köproq bölsa, yaşaş joyi röyxatdan ötgan vaqti hisobga olinadi, ya’ni oldinroq röyxatdan ötganlarga ustunlik beriladi.
Törtinçidan, maktab darsliklari sifatini nazorat qiliş standartlarini kuçaytiriş juda muhim. Öquv materiallari mazmunini tekşiriş tizimini takomillaştiriş ularning sifatini oşirişning asosiy omili hisoblanadi. Darsliklar çop etilişi va tarqatilişidan oldin naşriyotlar tomonidan ularda xatolar bor-yöqligi diqqat bilan körib çiqilişi zarur. Şuningdek, darsliklarni tayyorlaş va çop etişning barça bosqiçlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va şaffoflikni ta’minlaş çoralari körilişi lozim.
Misol tariqasida Yaponiya amaliyotida malakali mutaxassislar tomonidan ta’lim standartlariga muvofiqligini tekşiriş uçun darsliklar loyihalari Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligiga yuboriladi. Darsliklarning sifati 120 ga yaqin ekspertlar, jumladan, olimlar va öqituvçilardan iborat darsliklarni avtorizatsiya qiliş böyiça tadqiqot kengaşi tomonidan baholanadi. Agar tekşiriş jarayonida xatolar yoki standartlarga nomuvofiqliklar aniqlansa, Ta’lim vazirligi naşriyotlardan tegişli tuzatişlar kiritişni talab qiladi.
Bundan taşqari, darsliklar foydalanuvçilarining bevosita fikrlarini töplaş va mazmunini tuzatişda ularni hisobga oliş imkonini beradigan öqituvçi va öquvçilarning yagona ma’lumotlar bazasini işlab çiqiş, şuningdek, tegişli bilim sohalarida malaka va kompetensiyalarini tasdiqlovçi darslik mualliflarini sertifikatlaş mexanizmini joriy etiş taklif etilgan.
Beşinçidan, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etişni rağbatlantiriş lozim. Öquv jarayonini boyitiş, öquvçilarda ijodiy fikrlaşni rivojlantiriş hamda ularni kompyuterda dasturlaş va dizayn asoslari bilan taniştiriş imkonini beruvçi 3D-printer texnologiyasi ana şunday yangiliklarga misol böla oladi.
Buyuk Britaniyada 21 ta maktab iştirok etgan pilot loyiha natijalariga köra, 3D-printerlarning joriy etilişi öquvçilar motivatsiyasini sezilarli darajada oşiradi. Aksariyat ta’lim muassasalarida uşbu qurilmalardan foydalaniş tufayli öquvçilarning fanlarga qiziqişi ortişi qayd etilgan.
Oltinçidan, öquv jarayonini monitoring qiliş uçun yangi texnologiyalarni joriy etiş kerak. Xitoyda ta’lim muassasalarida yuzni taniş texnologiyasiga asoslangan innovatsion tizim joriy etilgan bölib, bu tizim öqituvçilarga sinfda tartibni yanada samarali saqlaş imkonini beradi. Tizim öquvçilarning yuz ifodalarini tahlil qilişga, ularning öquv jarayonidagi faollik darajasini aniqlaşga qodir uçta kameradan iborat.
Özbekistondagi umumta’lim maktablarida bunday tizimdan foydalaniş ta’lim sifatini ham, darsdagi tartib-intizomni ham sezilarli darajada oşirişi, öqituvçi va öquvçilarga foyda keltirişi mumkin.
Yettinçidan, ota-onalar bilan uçraşuvlarning masofadan turib va individual şakllarini qöllaş orqali bola tarbiyasida ularning örnini oşiriş kerak. Bugungi kunda masofadan turib ota-onalar yiğilişlarini taşkil etiş tobora dolzarb bölib bormoqda. AQŞning köplab ştatlari va maktab okruglari videokonferensiya va boşqa onlayn platformalar orqali uçraşuvlar ötkazişni yölga qöygan. Masofaviy yiğilişlarning asosiy afzalliklari - bu vaqtni tejaş va ota-onalarning qayerda bölişidan qat’i nazar, hatto şaxsan qatnaşiş imkoni bölmagan taqdirda ham ma’lumot oliş va maktab hayotida iştirok etiş imkonini beradi.
Ota-onalar bilan individual uçraşuvlar har bir öquvçining ta’lim olişi va rivojlanişi uçun maqbul şaroitlar yaratişga qaratilgan va öqituvçilar örtasidagi samarali hamkorlikni yölga qöyişga yordam beradi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bu yondaşuvlar maktab va oila örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga, ta’lim jarayonida aloqa va özaro hamkorlikni yaxşilaşga, yanada samarali va faol jamiyatni yaratişga yordam berişini aytadi.











