11:55 / 03.06.2024
1632

OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirishni 2025 yilgacha uzaytirdi

Sakkizta OPEK+ davlati neft qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishni ixtiyoriy ravishda uzaytirishga kelishib oldi. Ularni bosqichma-bosqich bekor qilish 2025 yilda boshlanishi kutilmoqda.

Foto: iStock

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti va uning hamkorlari (OPEK+) neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishni 2025 yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqdagi qaror 2 iyun, yakshanba kuni Ar-Riyoddagi vazirlar yig‘ilishida qabul qilindi.

OPEK ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy qazib olish kuniga 39,7 million barrelni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, OPEK+’ga a’zo 20 ta davlatdan 8 tasi (Jazoir, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Qozog‘iston va Ummon) ham 2023 yil aprelida kelishilgan neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda 1,65 million barrelga qisqartirishni 2025 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Yana bir ixtiyoriy cheklov – kuniga 2,2 million barrel, u 2023 yil noyabridan amalda bo‘lgan hamda joriy yilning sentabr oyi oxirigacha uzaytirildi. Ushbu qazib olish hajmiga cheklov 2025 yil sentabrigacha har oy qisqartiriladi.

2023 yil oxirida OPEKda neft qazib olish kvotalari bo‘yicha mojaro fonida Angola unga a’zolik mamlakat milliy manfaatlariga javob bermasligini hisobga olib, ushbu tashkilotdan chiqishini e’lon qildi. 

Mavzuga oid
Top