Rossiya Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) Rossiya Federatsiyasida neft mahsulotlari işlab çiqariş böyiça ma’lumotlarni naşr etişni butunlay töxtatdi. Bu haqda idoraning mamlakatda sanoat işlab çiqarişi dinamikasi böyiça e’lon qilingan hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi «Interfaks».
Jumladan, dizel yonilğisi, mazut, suyultirilgan propan va butan, kömirdan koks va yarimkoksning oylik işlab çiqariş hajmi töğrisidagi ma’lumotlar endi e’lon qilinmaydi. Şuningdek, hisobotda barqaror gaz kondensatini işlab çiqariş böyiça ma’lumotlar mavjud emas.
Şu bilan birga, Rosstat koks va neft mahsulotlari işlab çiqarişning oylik dinamikasini naşr etişda davom etmoqda. Idora ma’lumotlariga köra, iyul oyida bunday mahsulotlarni işlab çiqariş iyun oyiga nisbatan 7,2 foizga oşgan, biroq 2023 yil iyuliga nisbatan 2,7 foizga kamaygan. 2024 yilning yetti oyi davomida Rossiya Federatsiyasida koks va neft mahsulotlarini işlab çiqariş ötgan yil şu davriga nisbatan 3,2 foizga kamaydi, deyiladi hujjatda.
Ma’lumotlarning yaşirilişi «axborot xavfsizligi» bilan izohlangan
Rosstat «neft mahsulotlarini işlab çiqariş töğrisidagi ma’lumotlar Rossiya hukumati qarori asosida çop etilmaganini» tuşuntirdi.
2023 yil aprel oyida Rossiya neft va gaz qazib oliş böyiça statistik ma’lumotlarni naşr etişni töxtatdi va buni «neft mahsulotlari bozorining axborot xavfsizligi» bilan asosladi. Keyin Rossiya Federatsiyasida uglevodorod qazib oliş böyiça statistik ma’lumotlarni e’lon qilişni taqiqlaş 2025 yil 1 aprelgaça uzaytirildi.
Nihoyat, may oyida benzin işlab çiqariş böyiça ma’lumotlarni naşr etmaslikka qaror qilindi. Öşanda hukumat «hozirgi geosiyosiy voqealar fonida» bunday ma’lumotlarning oşkor etilişi «vijdonsiz iştirokçilar tomonidan bozorni manipulyatsiya qiliş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkinligidan» xavotirda ekanligini bildirdi.
Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlardan keyin neft eksportini oşirdi
Ukraina dronlarining hujumlari tufayli neftni qayta işlaş zavodlarini yuklaş bilan boğliq muammolar fonida Rossiya neft kompaniyalari mart oyida dengiz eksportini sezilarli darajada oşirdi, deb yozadi «Kommersant». Naşr keltirgan Kpler tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga köra, mart oyida neft eksporti 2023 yil may oyidan buyon eng yuqori körsatkiçga yetgan va kuniga 3,8 million barrelni taşkil etgan.
Yanvar va fevral oylarida Rossiya tankerlar orqali mos ravişda sutkasiga 3,5 million barrel va 3,3 million barrel eksport qildi. «Rossiya Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining hujumidan keyin neftni qayta işlaş zavodlarida sodir bölgan avariyalar tufayli öz quvvatlari bir qismi tugaşi fonida neft eksportini sezilarli darajada oşirişga majbur», deb yozadi «Kommersant».












