Jahon | 14:24 / 03.06.2024
3568
2 daqiqa o‘qiladi

Shols: NATO hududining har bir santimetrini himoya qilamiz

Olaf Shols fikricha, Rossiya Federatsiyasidan tahdid saqlanib qoladi va diplomatiya faqat kuch pozitsiyasidan bo‘lishi mumkin. Germaniya kansleri Moskvani NATO o‘z yerlarining har bir santimetrini himoya qilishga tayyorligi haqida ogohlantirdi.

Foto: Carsten Koall/dpa/picture alliance

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa davlatlariga Rossiyadan kelayotgan tahdid davom etishini kutmoqda. U bu haqda 2 iyun, yakshanba kuni Bad-Zarovda (Brandenburg federali yeri) bo‘lib o‘tgan Sharqiy Germaniya iqtisodiy forumida aytib o‘tib, diplomatiya faqat kuch pozitsiyasidan muvaffaqiyat qozonishini ta’kidladi. 

Shu sababli, Sholsning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik siyosatidagi o‘zgarishlar Rossiyaga: «Biz NATO hududining har kvadrat santimetrini hujumdan himoya qilishga tayyormiz» deb ko‘rsatish uchun zarur edi. 

«Rossiya tahdidi davom etayotganligi sababli, biz va boshqa ittifoqchilar o‘tgan yili Boltiqbo‘yi mamlakatlariga qo‘shimcha bo‘linmalar yuborishga va kelajakda u yerda butun bir brigadani doimiy ravishda joylashtirishga qaror qildik», dedi Germaniya hukumati rahbari. Shols ta’kidlashicha, bu Germaniya va bundesver uchun birinchi shunday holat. 

2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy hujumi uning nima istayotganini yaqqol ko‘rsatdi, deydi Olaf Shols. Germaniya kansleriga ko‘ra, uning maqsadlari chegaralarni kuch bilan ko‘chirishdir. 

Bir necha kun oldin Berlin Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nishonlarga nemis qurollari bilan hujum qilishga ruxsat berdi, garchi Shols yaqinda bu qadamga qarshi chiqqan edi. 

Mavzuga oid