Germaniya kansleri Olaf Şols Berlinda bir oy oldin qamoqdan ozod etilgan rossiyalik muxolifatçi siyosatçi va publitsist Vladimir Kara-Murzani qabul qildi. Germaniya hukumati rahbari bu haqda 3 sentabr, seşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi hamda Kara-Murzaning kuçi va jasorati, «Rossiyaning demokratik kelajagiga qöşgan hissasi»ga qoyil qolganini bildirdi.

«Avgust oyida biz uni mahbuslar almaşinuvida ozod qildik va bugun bir-birimiz bilan köproq gaplaşiş imkoniga ega böldik», deya qöşimça qildi Şols.

Vladimir Kara-Murza Germaniya kansleri bilan suhbatini «muhim, batafsil va samimiy» deb atadi. Uning sözlariga köra, muloqot «Ukraina, Rossiya, umumiy Yevropa», şuningdek, «Rossiya va Belarus qamoqxonalaridan çiqarilişi kerak bölgan siyosiy mahbuslar haqida» bölgan.

Avgust oyi örtalarida Vladimir Kara-Murza va uning oilasi Oq uyda AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan qabul qilingan edi.

2023 yil aprelida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi boşlangan uruşni tanqid qilgani uçun muxolifatçi «davlatga xiyonat», «nomaqbul taşkilot bilan hamkorlik qiliş» va armiya haqidagi «feyklar» moddalari bilan 25 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilingan. 2024 yil 1 avgustda u Rossiya, Belarus va Ğarb davlatlari örtasidagi keng kölamli mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod qilindi.