AQŞ prezidenti Jo Bayden Ğazo sektorida otaşkesim rejasini e’lon qildi. HAMAS bu taklifni olqişladi, Netanyahu kabinetida esa munozara davom etyapti. “Geosiyosat” Ğazo atrofidagi sönggi voqeliklarni siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Bektoş Berdiyev bilan tahlil qildi.

— Prezident Bayden Ğazoda uruşni töxtatiş uçun qanday takliflarni aytdi?

Bektoş Berdiyev: — Bayden tomonidan Ğazo uçun, bir vaqtning özida Isroil uçun ham muhim bölgan reja taklif qilindi.

Birinçi bosqiçda 6 hafta içida Isroil qöşinlari Ğazodagi aholi punktlaridan olib çiqiladi. Asirlar almaşinuvi muhim örin tutadi bunda. Isroillik askarlarning HAMAS tomonidan asir olinişi fonida Isroil şunçaki gumonlanayotgan şaxslarni ham asirga olyapti va ikki tomonning bir-biriga nafratini kuçaytiryapti. Baydenning bu taklifi HAMASga ham ma’qul keldi.

Ikkinçi bosqiçda Isroil butunlay Ğazoni tark etişi va asirlar almaşinuvi yakunlanişi kerak.

3-5 yil davom etadigan uçinçi bosqiçda esa Ğazo qayta tiklanadi. Ijtimoiy, siyosiy infratuzilmani qayta tiklaş katta mablağ talab qiladi.

Bu rejaning muhimligi şundaki, bu Isroil olib borayotgan harbiy siyosatning muvaffaqiyatsiz bölganini bildiradi. Isroil boşida juda balandparvoz gapirgandi. Tinç aholi ölişi Isroilga xalqaro bosimni keltirib çiqarişi bilan birga, AQŞga nisbatan butun musulmon dunyosi nafratini qözityapti. Şuning uçun Bayden tomonidan bu reja ilgari surilişi ma’qul iş, saylov oldidan bölgani siyosiy oçko işlaş uçun ham.

— Bayden taklifining ikkinçi bosqiçida Ğazoda muddatsiz öt oçişni töxtatiş haqida aytgan, bu kelişuv amalga oşsa ham lekin muddatsiz deyiş qançalik reallikka mos?

Kamoliddin Rabbimov: — Yaqin Şarqdagi masalalarning uzil-kesil yeçimi emas bu, faqat uruşni töxtatiş haqida gap ketyapti. Netanyahu hukumati bu rejaga işonçsizlik bildirdi, lekin rasmiy darajada emas. Ya’ni Netanyahuning özi biz öz yölimizdan qaytmaymiz, demadi, balki unga yaqin şaxslar biz HAMASni yöq qilişimiz kerak, dedi. Bayden loyihani e’lon qilayotganda Isroil vaziyatini yumşatiş uçun HAMAS 7 oktyabrdagi kabi hujum qilolmaydi, Isroil maqsadiga erişdi, dedi.