Jahon | 14:22 / 04.06.2024
15012
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukraina zarbalari «halokatli oqibatlarga» olib kelishi haqida ogohlantirdi

AQSh Ukrainaga Rossiya Federatsiyasidagi nishonlarga qarshi Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat berilganidan keyin Rossiyaning «jiddiy javobi» xavfini yetarlicha baholamayapti, deya ma’lum qildi Rossiya TIV.

Rossiya TIV Foto: Foto: Felix Abraham/IMAGO

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning unga berilgan Amerika qurollaridan foydalanishi haqidagi qarorlarning «halokatli oqibatlari» to‘g‘risida ma’lum qildi. «Noma’lum sabablarga ko‘ra, ular qabul qilishlari mumkin bo‘lgan javob jiddiyligiga yetarlicha baho bermayapti», dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov.

U Vashingtonni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bergan bayonotlarini «o‘rganishga vaqt sarflashga» chaqirdi. «Bu juda muhim ogohlantirish va uni juda jiddiy qabul qilish kerak», - deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari.

Qator G‘arb davlatlari Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nishonlarga zarba yo‘llashga ruxsat berdi

So‘nggi kunlarda Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumlari kuchaygan bir paytda, qator davlatlar o‘zini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainaga Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun taqdim etgan qurollardan foydalanishga ruxsat berdi. Bunday bayonotlar Fransiya, Litva, Latviya, Kanada, Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Germaniya, Finlandiya, Chexiya, Britaniya va Niderlandiya tomonidan qilingan. Shuningdek, AQSh ma’muriyati Kiyevga Rossiya Federatsiyasidagi nishonlarga zarba yo‘llashga norasmiy tarzda ruxsat berdi. O‘z navbatida, Belgiya Ukrainaga Rossiya Federatsiyasiga hujum qilish uchun qurol ishlatishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Avvalroq NATO va Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan G‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan edi.

May oyining oxirida Putin «NATO davlatlari, ayniqsa Yevropadagi kichik davlatlar vakillari nima bilan o‘ynashayotganidan xabardor bo‘lishlari kerak», dedi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi va Belarus taktik yadro qurolini qo‘llashni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi.

Mavzuga oid