07:39 / 04.06.2024
3919

Vinisius – YeChLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, Bellinghem eng yaxshi yosh o‘yinchi deb topildi

Vinisius Junior Chempionlar ligasi-2023/24 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

UYeFA texnik kuzatuvchilari talqiniga ko‘ra, «Real» vingeri YeChLning joriy mavsumdagi tengsiz o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. U joriy mavsum turnirdagi 10 o‘yinda 6ta gol va 5ta assistga mualliflik qildi.

Madridliklarning yana bir a’zosi Jud Bellinghem esa turnirda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi. Angliyalik yarimhimoyachi musobaqada 11 o‘yinda 4ta gol va 5ta assistga erishdi. 

Ma’lumot uchun, «Real» shanba oqshomidagi finalda «Borussiya»ni mag‘lub (2:0) etib, turnir tarixida 15 karra chempionga aylandi.

Mavzuga oid
Top