«Real» vingeri Vinisius Juniordan «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu va «Barselona» sardori Lionel Messidan qay birini tanlaşi haqida söraşdi.

«Messi – fantastik öyinçi, tarixdagi eng yaxşi futbolçilardan. Kriştianu yoki Messidan qaysi biri bilan birga öynaşni afzal körişimni tanlaşim qiyin. Ikkisi bilan ham öynab körmaganman, şuning uçun, bilmasam...

Men Benzemani tanlagan bölardim. U menga doimo maydonda yordam berib kelgan», – degan Vinisiusning sözlarini keltirdi Fox Spors.

Eslatib ötamiz, kelasi oyda 19 yoşga töladigan hujumçi bir yil oldin «Flamengo»dan «Real»ga ötgandi. Uning transferi 45 mln yevroga tuşgan.

Vinisius Ispaniyadagi ilk mavsumida «qirollik klubi»ning asosiy jamoasida barça musobaqalar doirasida 31ta öyinda maydonga tuşdi va 3ta gol urib, 12ta golga assistentlik qildi. U, şuningdek, jamoa örinbosarlari tarkibida 5ta öyin ötkazdi.