11:31 / 06.06.2024
1606

Rossiyaning BMT oziq-ovqat dasturida qatnashish imkoniyati cheklandi

Rossiya Federatsiyasi kompaniyalariga BMTning Jahon oziq-ovqat dasturida qatnashish huquqi cheklandi. Dastur donorlari rossiyalik yetkazib beruvchilardan oziq-ovqat xarid qilmaslikni talab etmoqda, dedi RBK suhbatdoshi.

Foto: AP / Robert Bumstead

Rossiya kompaniyalari Rossiya Federatsiyasi 2002 yildan beri ishtirok etib kelayotgan BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (JOD) doirasida oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha tenderlarga kirishda cheklovlarga duch keldi. Bu haqda 5 iyun, chorshanba kuni RBK agentligi xabar berdi. Uning suhbatdoshlaridan biri so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik yetkazib beruvchilarning JOD tenderlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq muammolar 2024 yilda boshlangan. Bu ma’lumotni Rossiyaning Jahon oziq-ovqat dasturidagi doimiy vakili o‘rinbosari Dilyara Ravilova-Borovik tasdiqladi. 

JOD donorlari Rossiya yetkazib beruvchilaridan oziq-ovqat sotib olmaslikni talab qilmoqda 

«Bir qator donorlar Jahon oziq-ovqat dasturiga mablag‘ o‘tkazayotganda, ularning mablag‘larini Rossiyada ishlab chiqarilgan yoki Rossiya kompaniyalaridan sotib olingan oziq-ovqatlarni sotib olish uchun ishlatish taqiqlangan, degan shart qo‘ydi», deb tushuntirdi Ravilova-Borovik. Natijada, JOD ichki tizimida vakolatga ega bo‘lgan Rossiya yetkazib beruvchilari yangi tenderlar to‘g‘risida ba’zi bildirishnomalarni olishni to‘xtatdi. 

Rossiyadan JODga eng yirik yetkazib beruvchi Abakan Air kompaniyasi vakili Dmitriy Suxov agentlikka so‘nggi paytlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning dasturda ishtirok etishiga «ruxsat berilmayotganini» aytdi.

RF tovarlari ulushi BMT JOD barcha tashqi ta’minoti 20 foizini tashkil etgan

BMTning oziq-ovqat dasturi doirasida Rossiya Suriya, Sudan, Afg‘oniston, Falastin hududlari va Markaziy Osiyo mamlakatlariga un, yog‘ va no‘xat jo‘natgan. Rossiya Federatsiyasidan oziq-ovqat Jahon oziq-ovqat dasturining barcha tashqi ta’minoti 20 foizini tashkil etgan, dedi dastur hamkorlaridan bo‘lgan RBK suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining yetkazib berish hajmidagi yuqori ulushi mahsulotlar boshqa yetkazib beruvchilarga nisbatan 10-15 foiz arzonligi bilan bog‘liq bo‘lgan va bu ko‘proq och odamlarni ta’minlash imkonini bergan. 

RBK suhbatdoshi ta’kidlashicha, Rossiya kompaniyalarining tenderlarga kirish imkoniyati cheklanganligi, Jahon oziq-ovqat dasturida «budjet taqchilligi»ni hisobga olgan holda, «sayyorada ochlikka qarshi kurashish qobiliyati haqiqiy pasayishiga» olib kelishi mumkin. 

JODning eng yirik donorlari - AQSh, Germaniya va YeI

BMT tizimining bir qismi bo‘lgan Jahon oziq-ovqat dasturi butun dunyoda ochlikka qarshi kurashish uchun 1961 yilda yaratilgan. Uning shtab-kvartirasi Rimda joylashgan. JOD faoliyati butunlay hukumatlar, tashkilotlar va shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobiga moliyalashtiriladi. Dasturning eng yirik donorlari AQSh, Germaniya va Yevropa Ittifoqidir. 

Mavzuga oid
Top