O‘zbekiston | 09:59 / 08.06.2024
4563
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ta’til va kaboblar mavsumi: Korzinka go‘shtga “lahm narxlar”ni e’lon qildi

Foto: Korzinka

O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmog‘i Korzinka yoz mavsumi avvalidan go‘shtga super unumli narxlar amalda bo‘lishini ma’lum qildi.

Vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari mamlakatning har bir manzilida mazali hamda xushxo‘r taomlar pishirilishini, bu ayniqsa yoz – ta’tillar mavsumida yanada faollashishini, ular yanayam ishtahaochar bo‘lishini biladi.

Oldinda oila, do‘st va ulfatlar davrasida pikniklar, kabobpazlik, yana choyxonalardagi oshxo‘rlik-u qo‘ling o‘rgilsin qozon kaboblarni tayyorlashlar kutib turibdi. Korzinka ham bunga hozirlik ko‘rib qo‘ygan – butun iyun davomida savdo tarmog‘i supermarketlarida go‘shtga lahm chegirmalar amal qiladi.

Tasavvur qilib ko‘ring-a, mol go‘shti qovurg‘alari, to‘sh, biqin go‘shtlari-yu yog‘li qiyma, manti uchun qiyma unumligina narxlarda bo‘ladi. Raqamlarga e’tibor bering, ular ham takliflarga ishtahaochar ta’m kiritadi.

Barra chegirmalar 12% gacha bo‘lib, ular ta’sirida kilosi 76 990 so‘mdan mol qovurg‘a go‘shti va kilosi 78 990 so‘mli mol bo‘yin go‘shti alohida e’tiborga loyiq. 

Lahm chegirmalar nafaqat Toshkent shahridagi, balki viloyatlar hududlaridagi Korzinka’larda ham amal qiladi va a’lo sifat bo‘yicha mutlaqo farq qilmaydi.

Korzinka supermarketlar tarmog‘i ta’tillar mavsumida o‘z do‘konlari mehmonlariga hordiqni qulay, yoqimli chiqarishlarini tilab qoladi va bir-biridan unumli takliflar, aksiya hamda chegirmalarni taqdim etaveradi. Ularni o‘tkazib yubormaslik uchun Korzinka mobil ilovasini yuklab oling va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Korzinka rasmiy veb sayti: www.korzinka.uz

Korzinka ilovasini yuklab olish uchun: https://korzinka.uz/app/uz

Korzinka Telegram’da: t.me/korzinkauzb

Korzinka Instagram’da: instagram.com/korzinkauz

Korzinka Facebook’da: fb.com/korzinkauz

Reklama

Mavzuga oid