Kompaniya beş asosiy ISO xalqaro standartlari böyiça sertifikatlaşdan ötgan Özbekistondagi birinçi çakana savdo tarmoğiga aylandi.
Özbekistondagi eng yirik çakana savdo tarmoği hisoblangan “Korzinka” ISO 9001, ISO 22000, ISO 45001, ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi töğrisidagi sertifikatlarni qabul qildi.
Tarmoq kompaniyadagi ham taşqi, ham içki jarayonlarni muntazam mukammallaştirib keladi, sifatni yaxşilaş texnologiyalarini joriy etadi – bularning bari endi birdaniga beşta ISO sertifikatlari olinişi bilan tasdiqlandi.
ISO sertifikatsiyasi nima?
ISO sertifikatsiyasi — bu korxona Xalqaro standartlaştiriş taşkiloti (ISO) tomonidan örnatilgan standartlarga mos kelişini baholaş jarayoni va tasdiği hisoblanadi. Uşbu standartlar taşkilot faoliyatining turli jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, mahsulotlar va xizmatlarning sifati hamda xavfsizligi, soğliqni saqlaş va mehnat muhofazasini ta’minlaş, boşqaruv, ekologik barqarorlik va energiya samaradorligini öz içiga oladi.

ISO xalqaro standartlarining afzalliklari
• ISO 9001 — bu butun dunyoda tan olingan sifat boşqaruvi standartidir. U taşkilotlarga barça hajm va sohalarda öz işini yaxşilaş, mijozlar kutilmalariga munosib böliş va sifatga sodiqlikni namoyon etişda kömaklaşadi. Uning talablari sifat menejmenti tizimini (SMT) şakllantiriş, tatbiq qiliş, qöllab-quvvatlaş va muntazam yaxşilanişi tartibini belgilaydi. ISO 9001 standartini tatbiq qiliş taşkilotda samarali jarayonlar qöllanilayotgani va xodimlar jamoasi öqib-örgatilganligi, bu sifatli mahsulotlar va xizmatlarni qayta-qayta taqdim etişga zamin yaratayotganligini anglatadi.
• ISO 22000 — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida barça işlab çiqariş va qayta işlaş bosqiçlarida xalqaro standartlarga javob berişni angalatadi. U taşkilot oziq-ovqat xavfsizligiga nisbatan ehtimoliy tahdidlarni aniqlaş mezonlarini belgilaydi.
• ISO 45001 — soğliqni saqlaş va mehnat muhofazasini ta’minlaş menejment tizimi böyiça birinçi global standart.
• ISO 14001 — korxonada ekologik menejment tizimi (EMT) tatbiq qilinganligini tasdiqlovçi sertifikat. Mazkur tizim işlab çiqariş jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirişga va tiklanmaydigan manbalardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanişga yönaltirilgan. ISO 14001 qöllanişi manfaatdor tomonlarga atrof-muhitga ta’sir minimal bölişi haqida kafolat beradi.



















