Isroilning hukumat doiralarida aytilişiça, 9 iyun kuni kabinetni uning ikki muhim a’zosi — general Benni Gans va Boş ştabning sobiq rahbari, Netanyahuning siyosiy raqibi general Gadi Ayzenkot tark etganidan söng bu kutilayotgan holat bölgan.
Ularning har ikkisi markazçi siyosatçi bölib, mamlakatdagi favqulodda harbiy vaziyat şaroitida Netanyahuning harbiy kabinetiga kirişga rozilik berişgan. Umuman, harbiy kabinet olti kişi — sobiq va amaldagi oliy rutbali harbiylardan iborat bölgan.
Gansning bayonot berişiça, u Netanyahuda Ğazodagi HAMS rejimini özgartiriş böyiça birorta strategiya yöqligi uçun kabinetni tark etgan. Uning sözlariga köra, Isroil boş vazirini garovda uşlab turilganlarni qutqariş emas, köproq özining siyosiy kariyerasi taşvişlantiradi.
Bugunga kelib Netanyahu AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan ikki haftaça avval öt oçişni töxtatiş va garovda uşlab turilganlarni qaytariş böyiça taklif etişgan rejani qöllab-quvvatlamagan.
Isroillik ekspertlarga köra, Bibining koalitsiyadagi hammaslaklari ultraöng millatçi siyosatçilar Betsalel Smotriç (moliya vaziri) va Itamar Ben-Gvir (milliy xavfsizlik vaziri) agar u Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatsa hukumatni barbod qiliş bilan tahdid qilişgan.
Benni Gans şu yilning kuzida navbatdan taşqari umummilliy saylovlar ötkaziş va hokimiyatdagi mö’tadil önglar va markazçilarni (bundaylar unçalik köp emas) uning taklifini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
Xususan, u Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantga murojaat qilib, uni ham özi kabi harbiy kabinetga tark etişga çaqirgan. Biroq Netanyahu voqealarning kelgusidagi rivojlanişining oldini olib, kabinetni özi tarqatib yuborgan.
U nega bunday qildi?
Netanyahu özining nuqtayi nazarini qabul qilmaydigan Benni Gans va boşqaralarni mağlublar kayfiyatida ekanlikda ayblab keladi..
Uning sözlariga köra, Gans xalqaro bosimga bardoş bera olmagan va kabinetni tark etişi bilan murakkab qarorlar qabul qilişdan qoçib qolgan.
«Uruş kampaniyasiga rahbarlik qilayotgan, töliq ğalabadan boşqa har qanday şartga murosasiz boş vazir Netanyahuga aql örgatiş Gansga qolgani yöq», — deyiladi «Likud» partiyasi bayonotida.

Benni Gansning hamda uning mö’tadil yondaşuvi tarafdorlari uzoq muddatli istiqbolda biror bir aniq tasavvuri bölmagan Netanyahu buni tuşunişi va şu sababli «jazavaga tuşayotgani»ni aytişgan.
«Kelajakda uruş bayonnomalari oçiladi va jamoatçilik kim depsinib qolgani, kim haqiqiy ğalabaga intilganini bilib oladi», — deya bayonot bergan muxolifatdagi siyosatçilar guruhi.
Umuman olganda, harbiy kampaniya maqsadlariga turliça nuqtayi nazarlar tufayli harbiy kabinet tarkibi avval boşdan samarali iş körsatişi şubha ostiga olinayotgan edi.
Biroq, isroillik tahlilçilarda Bibining kabinetni tarqatiyu yuboriş qaroriga yana bir ehtimolli tuşuntirişi bor.
Ularning fikriça, Netanyahu böşab qolgan öringa özining koalitsiya böyiça ultraöng hamkorlari Smotriç va Ben-Gvir ötirib olmasligi uçun bu işga şoşa-pişa qöl urgan.
Netanyahu hukumati mavjudligining öziyoq ularning erkaliklarini neçoğlik kötarişiga boğliq bölib turibdi. Bu işni u hukumatda ular söragan portfellarni berişdan boşlagan.
Şunday qilib, moliya va içki xavfsizlik masalalari Falastin hududlarida yahudiy manzilgohlarini kengaytiriş hamda har qanday hududiy yon beriş va içki siyosiy murosani rad etiş tarafdorlari qöliga ötib qolgan.
Lekin uruş — bu boşqa masala. Bu yerda Netanyahu ultraönglar unga harbiy strateglarni bosib ötib, harakatlar ketma-ketligini buyurib turişiga yöl qöyib bera olmaydi.
Bundan taşqari, Bibi Vaşingtonning aytganlari unga çikor ekanini köz-köz qilişni yaxşi körsa-da, aslida sönggi haftalarda kuzatila boşlagan AQŞ bilan munosabatlar sovuqlaşişini aslo istamaydi.
Netanyahuning ultraöng millatçi maslahatçilari bu sovuqlaşişda asosiy rolni öynab kelişmoqda, şu sababli Bibining harbiy kabinetni tarqatib, ularni harbiy sohaga yaqinlaşişini istamaganligi işonçga sazovor.
Uruş tugagani yöq. Endi-çi?
Duşanba kuni Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri Ioav Gallant va boşqa vazirlar bilan yiğiliş ötkazib, uning yakunlariga köra muhim harbiy qarorlar qanday qabul qilişini aniqlaştirib olgan.

Aftidan, şu paytgaça harbiy kabinet yurituvida bölgan masalalar bilan xavfsizlik masalalari böyiça maxsus kengaş, Ğazodagi uruşning borişi böyiça asosiy qarorlarni tor maslahat kengaşi qabul qiladigan körinadi.
Taxminlarga köra, unga mudofaa vaziri Yoav Gallant, Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari Tsaxi Hanegbi, strategiya işlari böyiça vazir Ron Dermer va ŞAS ortodoksal partiyasi yetakçisi ŞAS Ariye Deri kiradi. U harbiy kabinetda ham kuzatuvçi edi.
Nima bölganda ham, Netanyahu va uning tarafdorlari şu yilning noyabrigaça radikal harbiy qarorlar qabul qilişmaydi, barça kuçlarini garovda uşlab turilganlarni izlab topiş va qutqarişga qaratişadi.
Ötgan haftada garovda uşlab turilgan tört kişining HAMAS asirligidan qutqarilişi Isroilda katta xursandçilik bilan kutib olindi va köpçilikda Netanyahu nima qilişni özi biladi, degan taassurot uyğotdi.
Keyingi harakatlar AQŞdagi saylovlar natijalariga juda boğliq böladi. Agar Donald Tramp Oq uyga qaytsa (buni Netanyahu va uning atrofidagilar juda kutişmoqda) Isroilning harbiy taktikasi yanada qat’iylaşadi, strategiyasi esa yanada ambitsiyali köriniş oladi.












