Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tadbirda Möğulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakçi kompaniyalari rahbarlari iştirok etdi.

Özbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding, New Way Industries, Panaev Farms, Ezel Central Asia, Azia Metall Prof, “Jizzax Jun”, Procab va boşqa xususiy kompaniyalar qatnaşdi.

Ta’kidlaş lozimki, işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan bunday formatdagi uçraşuv Möğuliston bilan ilk bor ötkazildi.

Özbekiston prezidenti möğulistonlik yetakçi işbilarmonlarni va ularning özbekistonlik şeriklarini samimiy qutlar ekan, Möğuliston prezidentining Özbekistonga ilk davlat taşrifi ikki tomonlama hamkorlik tarixida muhim ahamiyat kasb etişini yana bir bor alohida ta’kidladi.

– Bu sizning Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yölga qöyiş va mustahkamlaşga qaratilgan qat’iy intilişingizni va alohida e’tiboringizni yana bir bor tasdiqlaydi, – dedi mamlakat rahbari.

Bölib ötgan mazmunli va konstruktiv muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning barça jihatlari atrofliça körib çiqilgani, mavjud zaxiralar tahlil qilingani va yangi ösiş nuqtalari aniqlangani qayd etildi.

– Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni ta’kidladik. Şu munosabat bilan yaqin yillarda özaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytiriş orqali karrasiga oşiriş vazifasini qöydik, – dedi Özbekiston prezidenti.

Bular – Möğulistonga oziq-ovqat, öğitlar, dori-darmonlar, maişiy texnika, plastmassa va rezina, quriliş materiallari, tayyor töqimaçilik va poyabzal mahsulotlarini eksport qiliş, şuningdek, yurtimizga göşt va göşt mahsulotlari, teri, jun va boşqa tayyor mahsulotlarni import qiliş.

Tez fursatda Möğuliston va Özbekistonda savdo uylarini oçiş va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat körgazmalarini ötkaziş rejalaştirilgan.

Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim va bozorlarga kirişni yengillaştiriş böyiça takliflarni tayyorlaşga kelişib olindi.

Mamlakat rahbari möğul kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratdi.

Ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini samarali töldirişga qodir sohalarida örta muddatli kooperatsiya dasturini qabul qiliş böyiça kelişuvga erişilgani qayd etildi.

Bu, birinçi navbatda, geologik qidiruv, boy xomaşyo resurslarini özlaştiriş va qayta işlaş sohalarida hamkorlik örnatişni öz içiga oladi.

Mazkur strategik sohada birinçi yirik loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq takliflar tayyorlanadi.

Özbekiston, şuningdek, qişloq xöjaligi va turdoş tarmoqlarda Möğuliston bilan kompleks hamkorlikni rivojlantiriş niyatida. Qoraqalpoğiston, Namangan viloyati va boşqa hududlarda çorvaçilik majmualarini barpo etiş rejalari qöllab-quvvatlandi.

Bundan taşqari, Möğulistondan çorva, göşt va uni qayta işlaş mahsulotlarini import qiliş hamda töqimaçilik va tayyor qişloq xöjalik mahsulotlarini eksport qilişga özaro qiziqiş bildirildi.

Bu yönalişdagi hamkorlik doirasida “Halol” standartiga mos göşt mahsulotlari işlab çiqariş böyiça qöşma klasterlar, jun va terini çuqur qayta işlaş asosida yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarni işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Tomonlar xususiy biznes taşabbuslarini faol qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Bu borada işbilarmon doiralari tomonidan ilgari surilgan yangi biznes ğoyalari, jumladan, Toşkentda diagnostika markazini oçiş, bazaltni qayta işlaş, yengil sanoat, raqamlaştiriş, farmatsevtika va boşqa sohalardagi loyihalar qöllab-quvvatlandi.

Sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida yil oxirigaça investitsiyalarni özaro himoya qiliş va soliqqa tortiş tamoyillari böyiça asosiy bitimlar qabul qilinadi.

Yetakçilar qöşma Işbilarmonlar kengaşining taşkil etilişini olqişladilar. Yangi taşabbuslarni işlab çiqiş uçun yaqinda uning birinçi yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan.

Taşrif davomida havo va xalqaro avtomobil aloqasi böyiça bitimlar imzolandi, bu ikki davlat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş va işbilarmonlik almaşinuvlarini faollaştiriş uçun mustahkam asos yaratadi.

Transport vazirlariga yuk taşiş xarajatlarini kamaytiriş böyiça takliflar tayyorlaş topşirildi.

Davlat rahbari Özbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantiriş, qonun ustuvorligi va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va JSTga qöşiliş jarayonini faollaştirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganini alohida ta’kidladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev möğulistonlik işbilarmonlarga yurtimizda ular uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga tayyor ekanini aytdi.

Öz navbatida, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux erişilgan kelişuvlar hamda Özbekistonda investorlar va tadbirkorlar uçun yaratilgan şaroitlarni yuqori baholab, biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar böyiça aniq kelişuvlarga erişişga çaqirdi.

Fikr almaşiş çoğida Möğuliston tadbirkorlari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyatini va mamlakatda yaratilayotgan qulay investitsiyaviy va biznes muhitini yuqori baholadilar.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq takliflar berildi.