Mo‘g‘uliston rasmiysi Putin hibsga olinmasligini izohladi
Xalqaro tashkilotlar va Ukraina Mo‘g‘ulistondan XJS orderiga ko‘ra Rossiya prezidentini hibsga olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini so‘rab, harakatsizlikning oqibatlaridan ogohlantirdi. Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan Mo‘g‘uliston esa energetik qaramlik Putinning qo‘liga kishan taqishni qiyinlashtirishini ta’kidladi.

Foto: Mo‘g‘uliston prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro jinoyat sudi tomonidan hibsga olish uchun berilgan orderga qaramay, 2 sentabr kuni Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan keldi. Mo‘g‘uliston Xalqaro jinoyat sudining a’zosi hisoblanadi va sud orderi asosida harakatlanish majburiyatini olgan. Yevropa Ittifoqi va Ukraina bu haqda ushbu mamlakat hukumatini bir necha bor ogohlantirdi, shu bilan birga, Kreml rasmiylari Putinning tashrifi borasida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilishdi.
XJS 2023 yil mart oyida Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilib, hibsga olishga order bergandi.
Hozircha Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olishini bildiradigan biror belgilar ko‘rinmayapti. Agar bu qaror bajarilmasa, mamlakatning harakatsizligi uchun albatta oqibatlar kelib chiqadi, deydi Huquqiy islohotlar instituti katta ilmiy xodimi Tomas Hoffman.
«Mo‘g‘uliston, shubhasiz, hamkorlik qilishga doir o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortiladi. Shundan so‘ng XJS bu harakatsizlikni ko‘rib chiqish uchun ishni Assambleyaga oshiradi. Lekin qoidabuzar a’zo davlatlarga nisbatan sanksiyalar kabi jiddiy jazo choralari ko‘zda tutilmagan», – deydi u.
Mo‘g‘uliston Xalqaro jinoyat sudi ishlashi uchun asos bo‘ladigan Rim statutini 2002 yilda ratifikatsiya qilgan. 2023 yilda mamlakat vakili ikki yillik davrga XJS sudyasi etib saylangan.
XJS vakili Fadi al-Abdulla ham Mo‘g‘ulistonda «sud bilan hamkorlik qilish majburiyatlari borligi»ni eslatib, mamlakat uning qarorlarini bajarishi shartligini ta’kidlagan.
Ukraina TIV rasmiy vakili Georgiy Tixiy Mo‘g‘ulistonning harakatsizligini Xalqaro jinoyat sudi va xalqaro jinoyat huquqiga «og‘ir zarba» deb baholagan.
Xalqaro nashrlar Mo‘g‘uliston hukumati Putinni tashrif chog‘ida hibsga olmaslik kafolatini berganini yozdi. RF matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda bo‘lajak tashrifdan aslo xavfsiramayotgani, chunki «tashrifning barcha jabhalari sinchiklab tayyorlangani»ni ta’kidlagan.
Xalqaro maydonda Putinni hibsga olishga ko‘plab chaqiriqlardan so‘ng Politico nashriga Mo‘g‘uliston hukumati vakili izoh bergan.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi energetik qaramlik Mo‘g‘ulistonni qiyin ahvolga solib qo‘yadi va bu XJS orderiga ko‘ra Putinning qo‘liga kishan taqishni qiyinlashtiradi, degan hukumat vakili.
«Mo‘g‘uliston 95 foiz neft mahsulotlari va 20 foizdan ortiq elektr energiyasini yaqin qo‘shnilaridan import qiladi. Bu mahsulotlar bizning va xalqimizning mavjudligi uchun juda muhim rol o‘ynaydi.
Mo‘g‘uliston xalqaro siyosatda doimo betaraflikni saqlab qolishga uringan, va bu betaraflik bizning bugungi rasmiy bayonotimizda ham namoyon bo‘lmoqda» — degan hukumat vakili.
Mo‘g‘uliston atigi 3,4 million aholiga ega, lekin juda katta maydonda joylashgan davlat. Uning geografik joylashuvi dengizlardan uzoqda bo‘lgani va Rossiya hamda Xitoy bilan chegaralanib qolgani tufayli noqulay. Mamlakat qo‘shnilaridan biriga yon bosib ketmasligi uchun ikki o‘rtada diplomatik muvozanat saqlashga urinib keladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
-
«Ozarboyjon bo‘ysunishga tayyor emas»: Boku va Moskva bahsi nima bilan tugaydi?
Jahon | 19:30
-
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV
O‘zbekiston | 19:00
-
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

13:10 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?

11:20 / 05.07.2025
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

12:26 / 04.07.2025
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025