“Work and travel” dasturi doirasida AQŞga boriş uçun salkam 3 ming dollar tölov qilgan talabalar 7 oydirki pulini qaytarib ololmayapti. Ularga viza olib beriş, Amerikaga jönatib, iş bilan ta’minlaşni va’da qilgan, lekin va’dasini bajarmagan “American Adventure” firmasi egalari xorijga qoçib ketgani aytilmoqda.

Odamlarga 4 oylik “work and travel”, ya’ni AQŞda ham işlaş, ham sayohat qiliş dasturini taklif qiluvçi “American Adventure” MÇJ yuzlab odamlarni çuv tuşirgani aytilmoqda.

Dasturda muvaffaqiyatli qatnaşganlar hikoyasiga işonib, 2 900 va 3 400 dollardan tölov qilgan fuqarolar pulini qaytarib ololmayapti.

Hozirda holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Kun.uz bu işdagi jabrlanuvçilarning hikoyalarini tingladi.

“Webster universitetining 3-bocqich talabasiman. “American Adventure” haqida Instagram orqali bilganman, özim ham “work and travel”ga qiziqardim. Ularning ofisi [Toşkentdagi] “Malika” [savdo majmuasi]da joylaşgan. Köp blogerlar, yigitlar şu firma orqali Amerikaga ketgandi. Amerikaga ketiş maqsadim kuçliligi uçun ularga işonib qolganman.

Keyin uydagilar bilan gaplaşib, kelasi oyga tölov qilişni boşlaganman. Birinçi ular taklif qilgan, ya’ni bittada 2 900 dollar naqd tölasam, çegirma bölişini aytişdi. 3 oyda tölayman desang, 3 400 dollar böladi, har oy 1 200 dollardan tuşadi deyişgan. 2022 yil 22 noyabrda birinçi tölovni qilganman”, – deydi buxorolik Şahzodbek Jöraqulov.

Xorazmning Şovvot tumanidan bölgan Bobur Zarifboyev ham firma bilan şartnomani 2022 yilning noyabrda imzolagani, çegirma bilan naqd pulda 2 900 dollar tölaganini aytadi.

“Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida öqiyman. “American Adventure” bilan şartnoma qilgan holda, 4 oy davomida şu dasturda iştirok etgan kursdoşlarim bor. Şunga işonib, men ham şartnoma qilganman. Afzal ismli odam bilan boğlanganman. U Telegram'dan lokatsiya, [dasturning] puli qança bölişini taşlab bergan. [Firma manziliga] borganman, ular menga dasturga nimalar kirişini, qanday xizmat körsatişlarini tuşuntirib bergan.

Keyin ikkinçi kun borib, tölovini qilib, şartnomaga imzo çekkanman. Şubha bölmagan, çunki bu firma bilan boşqa yigitlar ham ketganini bilar edim”, – deydi u.