O‘zbekiston | 22:15 / 26.07.2024
4506
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Rossiyaga doimiy yashash uchun ketganlar soni kamaydi

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga doimiy yashash uchun chiqib ketganlar soni 2 barobarga kamaydi.

Foto: Getty Images

2024 yil yanvar-iyun oylarida Rossiyaga doimiy yashash uchun ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobarga kamaydi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan doimiy yashash uchun 5066 kishi chiqib ketgan, ulardan 760 nafari Rossiyaga yo‘l olgan.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 9004 va 1584 kishini tashkil qilgan edi.

2023 yilda Rossiyaga doimiy yashash uchun ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2022 yilga nisbatan 1,9 baravarga oshib, 2,67 ming kishiga yetgani qayd etilgan.

Mavzuga oid