Rossiyada bandlik markazlari ishsizlarni nafaqadan mahrum qilish bilan qo‘rqitib, urushga jalb qilmoqda
Mehnat birjasida ishsiz sifatida qayd etilgan rossiyaliklarga vakansiya sifatida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash taklif etilyapti.

Foto: «Moskva» agentligi
Mehnat birjasida ishsiz sifatida qayd etilgan rossiyaliklarga vakansiya sifatida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash taklif qilinmoqda, deb yozadi Baza. Shu bilan birga, ariza beruvchining harbiy guvohnomasidagi mutaxassislik ham hisobga olinmoqda. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu turdagi «ishni» ikki marotaba rad etganlarga ishsizlik nafaqasini to‘lash to‘xtatiladi. Shuningdek, u bandlik markazlari xizmatidan boshqa foydalana olmaydi va o‘zi mustaqil ish qidirishga majbur bo‘ladi.
Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun yo‘llanmalarni berish Mehnat vazirligi joylardagi «voyenkomatlar» bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yganidan keyin boshlandi. Mudofaa vazirligi «Rossiyada ish o‘rinlari» portaliga vakansiyalarni joylashtiradi, bandlik markazlari esa u orqali ish qidiruvchilarni yo‘naltiradi. Manbalarning ta’kidlashicha, vakansiyani birinchi marta rad etgan odamga keyingi safar bu lavozim taklif etilmaydi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bandlik markazlari shu kunlarda rossiyaliklarga Kursk viloyatidan ham «ish taklif qilmoqda»: handaqlar qazish va otishmadan keyingi vayronalarni tozalash. Ish so‘rab murojaat qilganlarga kuniga 8-10 ming rubl to‘lash va’da qilinmoqda. Shartnoma oziq-ovqat va yotoq ta’minotini o‘z ichiga olgan holda ikki haftaga tuziladi.
Avgust oyi boshida Novosibirsk viloyatidagi bandlik markazi psixologlikka o‘qish uchun qayta tayyorlash dasturiga ariza bergan ishsiz rossiyalikni «askarlikka» yuborgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, muassasada unga hozirda ish izlab kelganlarga qanday masalada murojaat qilganidan qat’iy nazar, «voyenkomat»ga yo‘llanma berilayotganini aytishgan.
2023 yilning kuzida Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Andrey Gurulev ishsizlarni safarbarlikka jalb etish taklifini bildirgan edi. Gurulevning aytishicha, Ulug‘ Vatan urushida shunday qilingan va o‘shanda «hech kim savol bermagan». «Balki, buni ham amalga oshirib ko‘rish kerakdir», — degan edi general.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron mazlum maqomini saqlab qolishga harakat qiladi - Rabbimov
Jahon | 21:19
-
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 21:10
-
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi
Jahon | 20:43
Mavzuga oid

20:22
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

18:39
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda

16:27
Rossiyada «Gosuslugi» akkauntlarini buzgan o‘zbekistonlik ushlandi

15:59