O‘zbekiston hududlari va BAAning Ras al Xayma amirligi o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
O‘zbekiston hududlari va Ras al Xayma amirligi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Ras al Xayma amirligiga tashrif buyurib, u yerda qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Xususan, amirlikning turizmni rivojlantirish boshqarmasi rahbari Rana El Dimassi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tomonlar ikki davlat turizm salohiyatini o‘zaro targ‘ib qilish, yirik mehmonxona, restoran va boshqa dam olish brendlari tajribasini o‘rganish hamda O‘zbekiston hududlari va Ras al Xayma amirligi o‘rtasida aviaqatnovlar sonini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston elchisi Ras al Xaymaga tashrifi davomida RAK Ceramics kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, kompaniyaning istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr almashdi hamda shourumdagi mahsulotlar turlari bilan tanishdi.
1989 yilda Ras al Xaymaning hozirgi hukmdori shayx Saud bin Saqr al Qosimiy tomonidan asos solingan RAK Ceramics kompaniyasi yillik aylanmasi 1 milliard AQSh dollarni tashkil etib, yiliga jami 118 million kvadrat metr plitkali mahsulotlar va 5 million dona sanitariya-texnik vositalar ishlab chiqaradi hamda 150 dan ortiq davlatga eksport qiladi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning manfaatdor kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.
Mavzuga oid

13:49 / 12.04.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

16:52 / 18.03.2025
Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi

17:49 / 17.03.2025
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi

17:44 / 27.02.2025