Toşkent va Möğuliston poytaxti Ulan-Bator örtasida muntazam aviaqatnovlarni taşkil etiş bilan boğliq masalalar Uzbekistan Airports kompaniyasi va Hunnu Air aviakompaniyasi örtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, 2025 yil ikkinçi yarmida ikki davlat örtasida parvozlar yölga qöyilişi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qatnovlar Embraer 190 rusumli samolyotlarda amalga oşiriladi.

Hunnu Air — 2011 yilda taşkil etilgan va ştab-kvartirasi Ulan-Bator şahrida, Çingizxon nomidagi xalqaro aeroportda joylaşgan. Aviakompaniya ATR 72-500 va Embraer 190 samolyotlarida içki va xalqaro qatnovlarni amalga oşiradi.

Hozirgi vaqtda Özbekiston va Möğuliston örtasida töğridan-töğri reyslar mavjud emas. Biroq, Uzbekistan Airways, MIAT Mongolian Airlines, Air Astana va boşqa aviakompaniyalar Toşkent va Ulan-Batorni boşqa şaharlar orqali boğlovçi tranzit reyslarni amalga oşiradi.

2024 yil dekabr oyida Toşkent va Ulan-Bator örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş imkoniyati Özbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov va Möğulistonning Özbekistondagi elçisi Daadanxuu Batbaatar tomonidan ham muhokama qilingan edi.