Prezident raisligida investitsiyalarni keng jalb etiş va eksportni oşiriş borasidagi işlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Bu yil xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan 5,2 milliard dollarlik işlar bajarilişi rejalaştirilgan. Investitsiyalarni özlaştirişda haligaça byurokratiya köpligi tanqid qilindi.  

Şu munosabat bilan boş vazir boşçiligida moliya institutlari bilan işlaş böyiça alohida Favqulodda ştab taşkil qilinişi belgilandi. Ştab har bir loyihaning içiga kirib, aniq işlarni amalga oşiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama ötkazadi.

2025 yilda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan 1,1 milliard dollar, Islom taraqqiyot banki bilan esa 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş belgilangan. Mutasaddilarga uşbu 2 ta xalqaro bank bilan yaqindan işlab, tumanma-tuman yurib, tadbirkorlar bilan davlat kafolatisiz qiliş mumkin bölgan loyihalarni köpaytiriş topşirildi. Ularga aniq mas’ullar biriktiriladi, mablağ jalb qilişda tadbirkorlarga kömaklaşiladi.

Mamlakatdagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada işga tuşgan 589 ta korxona ötgan yili 42 trillion sömlik mahsulot çiqargan. Işlab çiqarilgan mahsulotning bor-yöği 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi taşqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.

Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablağlar tannarxni pasaytiriş, eksportga çiqiş uçun xizmat qilmayotgani körsatib ötildi.

Şu bois, endi faqat eksportga işlaydigan erkin iqtisodiy zonalar taşkil etilişi belgilandi. Uşbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, taşqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar işlab çiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu özini oqlagani ta’kidlandi.

Bunday zonaning birinçisi Namanganda taşkil qilinib, töqimaçilikka ixtisoslaşadi. Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar böyiça mavjud tizimni qayta körib çiqib, ularni eksportga ixtisoslaştiriş böyiça taklif kiritiş topşirildi.