Odilbek Qosimaliyev Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi — prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tayinlovga oid tegişli farmonni imzoladi.
Qayd etilişiça, Qosimaliyev nomzodi 18 dekabr kuni bölib ötgan yiğilişda Jogorku Keneş (parlament) tomonidan tasdiqlangan. Qosimaliyev deputatlarga özidan oldingi boş vazir Oqilbek Japarov dasturini amalga oşirişni davom ettirişga va’da bergan.
Tayinlovga qadar Qosimaliyev boş vazirning birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2015 yildan 2018 yilgaça esa mamlakat Moliya vazirligini boşqargan.
16 dekabr kuni Oqilbek Japarov Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyevning sözlariga köra, sobiq boş vazir «biror narsaga aloqasi borligi uçun ketgan, şunçaki ketmagan».
Eslatib ötamiz, 6 dekabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari Davlat soliq xizmati raisi Oltinbek Abduvapov va uning örinbosari Islombek Qidirğiçevni qölga olgan edi. Ular korrupsiya sxemalariga aloqadorlikda va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumonlanmoqda.











