«Kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi» - Bayraktar dronining yangi versiyasi taqdim etildi
Yangilangan qurilmaning tezligi 300 km/soatga yetadi. U 9000 m balandlikka 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida ko‘tarila oladi.

Turkiyaning Baykar kompaniyasi Bayraktar TB2 dronining yangi modifikatsiyasini taqdim qildi. Yangi mahsulot Bayraktar TB2T-AI deb nomlandi. Bu haqda kompaniya o‘zining press-relizida ma’lum qildi. Kompaniya xabariga ko‘ra, dron «yangi avlod»ni ifodalaydi va «kuchlar muvozanatini o‘zgartirish» uchun mo‘ljallangan.
Dron noma’lum turdagi turboparrakli dvigatelni oldi, bu esa dronning havoga ko‘tarilish og‘irligi va foydali yukini oshirish imkonini berdi. Yangilangan qurilmaning tezligi 300 km/soatga yetadi. U 9000 m balandlikka 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida ko‘tarila oladi.
Bayraktar TB2T-AI sun’iy intellektdan foydalangan holda yangi bort kompyuterlari bilan jihozlangan, bu esa hududni aniqlovchi mustaqil GPS navigatsiyasini ta’minladi.
Dron maqsadlarni tahlil qilish va aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ishlab chiquvchilar, shuningdek, bazaga avtomatik qaytish va avtomatik qo‘nish funksiyasini ham qo‘shdilar. Jangovar yuk va qurollar haqida ma’lumot berilmadi.
Bayraktar TB2 Turkiyaning o‘rta balandlikda, uzoqqa uchuvchi, taktik zarba beruvchi droni bo‘lib, masofadan boshqariladigan yoki avtonom parvozni amalga oshiradi. U turli xil zamonaviy qurollarni, jumladan MAM-C va MAM-L aviabombalarini, shuningdek, tankka qarshi UMTAS raketalarini olib yurishi mumkin.
Bayraktar TB2 Rossiya-Ukraina urushining boshida Ukraina tomonidan juda samarali ishlatilgan. Biroq, Rossiya qatlamli havo mudofaa tizimini yaratganligi sababli uning samaradorligi keskin pasayib ketgan. Biroq, jahon qurol bozorida ushbu dron hamon yuqori talabga ega.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
Mavzuga oid

09:30 / 08.04.2025
Ukraina dronlar ishlab chiqarishini maksimal darajada oshirmoqda - Zelenskiy

09:12 / 04.04.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi jangovar dronlar sotib olishni rejalashtirmoqda

23:14 / 01.04.2025
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi

15:43 / 25.03.2025