O‘zbekiston | 13:01 / 12.04.2025
1591
2 daqiqa o‘qiladi

Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarga salomatlik sertifikati beriladi

«Eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga salomatlik sertifikatini berish tartibini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga salomatlik sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:

eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga salomatlik sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlaydi;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga salomatlik sertifikatini berish uchun tegishli sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya sertifikatlari (xulosalar)ni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilishini ta’minlaydi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi 2025 yil 1 iyulga qadar salomatlik sertifikatini berish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan quyidagi imkoniyatlarni joriy etadi:

  • salomatlik sertifikati elektron reyestrini ishlab chiqish;
  • salomatlik reyestri ma’lumotlarini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish.

Mavzuga oid