Maktabning 184 nafar öquvçisi uşbu olimpiadada iştirok etib, 10 ta oliy öringa sazovor böldi.
Özbekistonlik öquvçilar olimpiadada matematika, mental arifmetika va ingliz tili kabi fanlar böyiça 400 dan ortiq xalqaro iştirokçilar bilan kuç sinaşdi. Uşbu olimpiadada mamlakatlar orasidagi raqobat juda yuqori bölgani bois özbek talaba va öquvçilari yuqori natijalarga erişdi.

Maktab öquvçilari umumiy hisobda quyidagi natijalarga erişdi:
· 1-örin:
Matematika: 25 ta
Mental arifmetika: 31 ta
Ingliz tili: 8 ta
· 2-örin:
Matematika: 39 ta
Mental arifmetika: 9 ta
Ingliz tili: 9 ta
· 3-örin:
Matematika: 41 ta
Mental arifmetika: 6 ta
Ingliz tili: 6 ta.

Şu bilan birga, uşbu olimpiadada özbekistonlik öquvçilar matematikadan 6 ta, mental arifmetikadan 3 ta, ingliz tilidan esa 1 ta oliy örinni qölga kiritişdi.

"Al-Jabr" xususiy maktabida öquvçilarga nafaqat nazariy, balki amaliyotga qaratilgan kasbiy ta’lim ham beriladi, bu esa ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Bu keng kölamli tajriba hamda Özbekistonning xalqaro ta’limdagi uluşini yanada oşirişga hissa qöşayotgan muhim qadam hisoblanadi.










