Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NEO roboti avtonom emasligi va odam tomonidan boshqarilishi ma’lum bo‘ldi
Norvegiyaning 1X Technologies startapi NEO uy odamsimon robotini taqdim etdi va «barcha uy ishlarini o‘zi bajaradigan yordamchini» va’da qilgan edi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, robotning ko‘plab harakatlari ortida hozircha VR-interfeysi va masofadan boshqarish tizimi orqali robotga ulangan inson-operator turadi.
Foto: 1X
Qayd qilinishicha, NEO vazifalarning faqat bir qismini mustaqil ravishda bajaradi. U hal qila olmaydigan vaziyatga duch kelganida, ishga masofadan turib ishlovchi operator - kameralar orqali «robotning ko‘zi bilan qaraydigan» va uning harakatlarini boshqaradigan haqiqiy odam qo‘shiladi.
Kompaniya bunday yondashuvni Expert Mode deb atadi: operator robotga murakkab harakatlarni bajarishga yordam beradi (masalan, nostandart buyumni tozalash yoki texnika bilan o‘zaro ta’sir), bu jarayonda esa robot kelajakda buni o‘zi takrorlashi uchun sun’iy intellekt tizimini o‘qitadi.
Amalda bu NEO hali to‘liq avtonom qurilma emasligini anglatadi.
Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, masofadan boshqarish xato emas, balki o‘rganish bosqichidir. Ammo savollar tug‘iladi: uyda nima bo‘layotganini kim ko‘rib o‘tiradi va bu ma’lumotlar qanday saqlanadi?
NEO - maishiy robototexnika sohasida oldinga tashlangan ta’sirchan qadam, ammo hozircha u nafaqat «kelajakning aqlli yordamchisini», balki ekran ortida ishlayotgan robot kiyimidagi odamni eslatadi.
Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
22:19 / 25.02.2026
Norvegiya maktablarida mobil telefonlarni taqiqlash ijobiy natija berdi
22:53 / 24.02.2026
Norvegiyaning sobiq bosh vaziri o‘z joniga qasd qilishga urindi – OAV
22:00 / 22.02.2026