O‘zbekiston | 12:22 / 14.11.2025
21508
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida havo juda iliq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, mayin shamol esadi. Harorat kechasi +7 darajagacha, kunduzi +17…+22 daraja bo‘ladi. Bu esa noyabr oyi o‘rtalari uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 3−5 daraja yuqori hisoblanadi.

Foto: Kun.uz

Juma va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Bu noyabr oyi o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 35 daraja yuqoridir.

Ob-havo xizmati ta’kidlashicha, sharqdan juda mayin shamol esib turadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +4…+6 daraja iliq, kunduzi +18…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid