Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish bozorida yirik tashkilotlar faolligi keskin ortdi
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 54,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 24,4 foizga o‘sish qayd etildi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylari davomida respublikada yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 54,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Rasmiy hisobotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 24,4 foizga yuqori. Mutasaddilar fikriga ko‘ra, ushbu o‘sish qurilish bozorida yirik tashkilotlar ulushi va faolligi keskin ortganini ko‘rsatadi.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar–sentabr) quyidagicha shakllandi:
- 2021 yil – 20,1 trln so‘m;
- 2022 yil – 24,7 trln so‘m;
- 2023 yil – 27,8 trln so‘m;
- 2024 yil – 41,3 trln so‘m;
- 2025 yil – 54,5 trln so‘m.
So‘nggi besh yil ichida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan ishlar hajmi barqaror o‘sish trendini namoyon qilmoqda. Mutaxassislar buni yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shaharsozlik va uy-joy qurilishi tizimini jadal rivojlantirishga bog‘lamoqda.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
08:01 / 21.04.2026
Qurilishi yarim yo‘lda qolgan eng mashhur me’moriy loyihalar
10:59 / 10.04.2026