O‘zbekiston | 23:00 / 15.01.2026
3249
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Amaldorlar va harbiylar – Vatan himoyachilari bayramida

14 yanvar kuni «Xalqlar do‘stligi» saroyida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri tadbirdan fotoreportaj taqdim etadi.

Bayram dasturida faxriy qorovul chiqishlari
Tadbirga tashrif buyurgan hukumat yuqori martabali amaldorlar
Bayram dasturi
DXX raisi Bahodir Qurbonov va uning o‘rinbosari Botir Tursunov mehmonlar bilan ko‘rishmoqda.

Bayram shodiyonalarida senator va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiy xizmatchilar, Qurolli kuchlar faxriylari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalarning harbiy attashelari, xalqaro tashkilotlar vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Shuningdek bayram arafasida «Xalqlar do‘stligi» saroyining tashqarida harbiy texnikalar ko‘rgazmasi va kichik chiqishlar ham bo‘ldi.

Chapdan: Bosh vazir Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Spiker Nuriddin Ismoilov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev, PDXX raisi Alisher Usmonov va Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov
Chapdan: DXX raisining o‘rinbosari Botir Tursunov, xizmat raisi Bahodir Qurbonov va Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov
O‘ngdan: Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov, Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev, Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov
Mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov nutq so‘zlamoqda
Chapdan: PDXX raisi general mayor Alisher Usmonov va Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov (kostyumda) mehmonlar bilan ko‘rishmoqda
Kuch tuzilmalari faxriylariga gullar berilmoqda
 DXX raisi sobiq IIV vaziri Zokir Almatov bilan salomlashmoqda
Kayfiyati chog‘ Spiker – Norboyeva va Aripov bilan suhbatlashmoqda

Suratlar muallifi: Shoxruz Abduraimov

Mavzuga oid