Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchida 6 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi
Ota bolasini yig‘lagani uchun urgan va so‘ngra og‘ziga paypoq tiqib qo‘ygan. Oqibatida u ko‘kara boshlagan. Bola zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 5 kun o‘tib, vafot etgan.
Foto: Shutterstock
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida erkak o‘zining 6 oylik o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 9 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Chaqaloq yig‘lagani uchun ota o‘g‘lini urgan va uning og‘ziga paypoq tiqqan. Shundan so‘ng chaqaloqning ahvoli og‘irlashib, ko‘kara boshlagan.
Chaqaloq onasi tomonidan zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordam uning hayotini saqlab qolmagan: bola 14 yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida shifoxonada vafot etgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi F.N. qo‘lga olingan.
Marhum bolaning onasi gumonlanuvchining shar’iy nikohdagi ikkinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Bu oilasidan 2 farzandi bo‘lib, ikkala bola doimiy ravishda kaltaklangan. Vafot etgan chaqaloq yig‘laganda uning og‘ziga nam salfetkalar, yostiq yoki paypoq tiqilgan. Shuningdek, erkak avvalgi oilasidagi farzandlariga nisbatan ham muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilib kelgani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
22:23 / 06.10.2025
Toshkentda metro bekatida chaqaloq tug‘ildi
18:46 / 29.09.2025
Samarqandda hamshira tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab chiqib sotib yubordi
16:12 / 05.09.2025