O‘zbekiston | 09:30 / 26.02.2026
3700
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi

Bugun, 2026 yil 26 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator muhim loyihalar ko‘rib chiqiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif dasturi doirasida davlatimiz rahbari viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Jumladan, sanoat tarmog‘ini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qishloq va suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan zamonaviy infratuzilma loyihalari hamda ijtimoiy obektlar faoliyatini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilashga qaratilgan yangi loyihalarni ishga tushirish nazarda tutilgan.

Ertaga davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Unda hududni barqaror rivojlantirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid