Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
Yosh qizga nisbatan PPX xodimi noqonuniy harakatlar sodir etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hodisa bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, Ohangaron shahri prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova nazoratiga olindi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda 14 yoshli qizga nisbatan PPX xodimi noqonuniy harakatlar sodir etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lum qilinishicha, hodisa bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, Ohangaron shahri prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda. Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari yuzasidan kuzatuvni davom ettirishi va qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Ushbu holat haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Unda aytilishicha, PPX xodimi 14 yoshli qiz va uning dugonasini avtomobilga mindirib, chekka hududga olib borgan hamda tegajog‘lik qilgan.
Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bo‘linmasi prokuratura bilan hamkorlikda tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi. Dastlabki bayonotda PPX xodimi xizmat vazifasidan chetlatilgani, holat tasdiqlansa, unga nisbatan qat’iy huquqiy chora ko‘rilishi aytildi.
Keyinroq, Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan boshqa bayonot bilan chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, holat 27 aprel kuni tunda sodir bo‘lgan. Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga tanishi 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan. PPX xodimi mashinada yetib borgan vaqtida ayol va uning 14 yoshli qiz tanishi mashinaga o‘tirgan. Shu vaqtda 18 yoshli yigit 4 nafar tanishi bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan. IIBB holat voyaga yetmagan qiz ishtirokida bo‘lgani sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
12:25 / 21.02.2026
Avtobusda yosh bolaga jinsiy tegajog‘lik qilgan pedofil 6 yilga qamaldi
14:29 / 13.02.2026