Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
Bu yangilik jabrlanuvchilar uchun qo‘shimcha ruhiy jarohatni kamaytirish va tergov organlariga ishonchni oshirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish ayol tergovchilarga topshiriladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Odilov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik jabrlanuvchilar uchun qo‘shimcha ruhiy jarohatni kamaytirish va tergov organlariga ishonchni oshirishga qaratilgan.
IIV, shuningdek, Jinoyat kodeksining nikohga majburlash to‘g‘risidagi yangi moddasini qo‘llash mexanizmini tushuntirdi. Sanjar Odilovning ta’kidlashicha, bunday ishlarda ayol ham, erkak ham qurbon bo‘lishi mumkin. Bunda nikohdan o‘tishni talab qilishning o‘zi, shu jumladan ayol homilador bo‘lgan taqdirda ham, jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.
«Agar ayol o‘ziga uylanishni talab qiladigan klassik vaziyatni olsak, bundan tashqari, uning o‘zi va yaqinlari tomonidan tahdid yoki zo‘ravonlik bo‘lishi kerak. Boshqa har qanday holatda bu fuqarolik munosabatlari», deb tushuntirdi u.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda Qozog‘istonda nikohga majburlash moddasi bo‘yicha ayol gumon qilinayotgan jinoyat ishlari qayd etilmagan.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
00:26 / 08.06.2026
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026