Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari Ukraina va Moldovaning birlashmaga kirishi bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichini boshlashga ruxsat berdi.
Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari Ukraina va Moldovaning birlashmaga kirishi bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichini boshlashga rozi bo‘ldi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Muzokaralar 15 iyun kuni hukumatlararo konferensiya paytida boshlanadi, deb qo‘shimcha qildi u.
«Dushanba kuni biz qo‘shilish jarayonining asosini tashkil etuvchi asoslarga bag‘ishlangan blokni ochamiz. U Yevropa Ittifoqi qurilgan asosiy qadriyatlar va tamoyillarni, qonun ustuvorligidan tortib kuchli demokratik institutlargacha qamrab oladi», deb yozdi fon der Lyayyen ijtimoiy tarmoqda.
Ukraina 2022 yil fevral oyida, Moldova esa o‘sha yilning mart oyida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Potensial ishtirokchilarning arizalarini tasdiqlash uchun Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zosining roziligi talab qilinadi.
Vengriya sobiq bosh vazir Viktor Orban davrida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi chiqdi. Uning o‘rniga Peter Madyar kelganidan so‘ng, Vengriyaning yangi hukumati, agar Karpatortida venger ozchiligining huquqlari yaxshilansa, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Mavzuga oid
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:06 / 16.07.2026
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
08:58 / 16.07.2026