Foto: O‘zbekiston harbiylari o‘ta murakkab sharoitlarda jangovar tayyorgarlikni oshirdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli “Pachkamar” dala-o‘quv maydonida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mashg‘ulot avvalida harbiy xizmatchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini yana bir bor sinovdan o‘tkazish maqsadida maxsus to‘siqli yo‘lagidan o‘tishdi. Turli-tuman to‘siqlardan iborat yo‘lakni mahorat bilan o‘tgan harbiy xizmatchilar so‘ng otish mashg‘ulotlariga yo‘l oldi.



O‘tochar qurollardan o‘q otish mashg‘ulotlarida alohida va guruh tarkibida amaliy mashqlarni bajarish chog‘ida ishtirokchilarning egallagan tajriba va ko‘nikmalari to‘laqonli namoyon bo‘ldi.

“Merganlarga qo‘yilgan talab eng avvalo ko‘zga tashlanmaslik, tovush chiqarmaslik, dushmanni istalgan masofa va holatda bexato nishonga olishdir. O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ham asosiy e'tibor harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini yuksaltirishga qaratildi”, – deydi “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi podpolkovnik Sherzod Madrahimov.


Mashg‘ulotlar yakunida namuna bo‘lganlar bo‘linma komandirlari tomonidan e'tirof etildi.
Mavzuga oid

21:51 / 04.03.2025
Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

19:19 / 27.02.2025
Qaysi mamlakatlar harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydi?

02:30 / 26.02.2025