Yevropa davlatlari AQŞ kömagisiz öz kuçlari bilan xavfsizlikni ta’minlaşi uçun yuzlab milliard yevro sarflaşga, şuningdek, Qurolli kuçlarni butkul qaytadan körib çiqişga va ularning sonini sezilarli darajada oşirişga majbur böladi. Öz navbatida bu Yevropa iqtisodiyotining ançadan beri davom etayotgan sekin ösiş davridan çiqişiga yordam berişi mumkin, deb yozadi The Moscow Times.
AQŞ siyosati keskin özgargani va bu 80 yillik ittifoqning parçalanişiga sabab bölişi mumkinligi bois yevropaliklarni Rossiyadan keladigan tahdidlarga Amerika harbiy yordamiga umid qilmagan holda qarşi turiş masalasini muhokama qilişga undamoqda. Germaniyaning bölajak kansleri Fridrix Mers «AQŞdan mustaqillikka erişiş» uçun NATOning örniga yangi mudofaa ittifoqini tuziş taklifini ilgari surdi. Uning doirasida Fransiya va Buyuk Britaniya bilan yadroviy hamkorliklar amalga oşiriladi. Ançadan buyon AQŞga «qaramlik»dan qutuliş haqida gapirib keladigan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqaçon yadroviy qurollarga ega samolyotlarini Germaniya hududiga joylaştiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer esa uruş tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaş uçun Ukrainaga britaniyalik askarlarni yuborişga tayyorligini bildirdi.
Ammo yevropaliklar duç kelişi mumkin bölgan özgarişlar ulkan. Amerikaning Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollari örnini qoplaş qiyin emas — buning uçun Yevroittifoqqa YaIMning qöşimça 0,12 foizi kerak xolos (asosiy muammo AQŞ razvedkasi bilan hamkorlikning uzilişi va Amerikaga tegişli ayrim qurollarning qöldan çiqarilişida).
Ukrainada tinçlik örnatilganidan keyin Rossiya jang maydonida qurollaridan ayrilişni töxtatib, ularni oşirişni boşlasa — bu Yevropa uçun yana bir muammoni keltirib çiqaradi. Harbiy ekspert Aleksandr Burilkov va iqtisodçi Guntram Volfning baholaşiça, Yevropa Amerika qöşinlari örnini töldiriş va Rossiya bosqinining oldini olişi uçun 300 ming askar va har yili mudofaa xarajatlarini salkam 250 milliard yevroga oşiriş kerak böladi.
Yevropaga AQŞning 100 ming askari joylaştirilgan, NATO rejasiga köra, Rossiya bosqini yuz bersa, yana 200 ming harbiy kelişi kerak. Bu jangga tayyor va yagona rahbariyat ostidagi texnika bilan ta’minlangan bölinmalardir. Yevropaga ularning örnini egallaşi uçun kamida 1400 ta tank, 2000 ta piyodalar jangovar maşinasi va 700 ta artilleriya qurollari kerak böladi. «Bu Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaning quruqlikdagi qöşinlari qöşib hisoblanganidan ham köproq jangovar qudrat demak», — deyiladi xabarda.








