O‘zbekiston | 10:24 / 25.11.2021
5601
1 daqiqa o‘qiladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Ilgari 1-3 nafar edi.

Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. YaTT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi. 

YaTT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.

YaTT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa, soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.

Mavzuga oid