Ma’lum bo‘lishicha, ayol 2 yil oldin o‘rim-yig‘im paytida ikki oyog‘idan ayrilgan. U yangi kasb-hunarlarni o‘rganish bilan birga, yosh o‘zbek ayollariga tirikchilikka ko‘maklashishni maqsad qilgan va shu bois o‘zining tikuvchilik biznesini ochishga qaror qilgan.

«U tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘rgandi va 40 dan ortiq shogirdlarni tayyorlashni davom ettirdi. Bir necha oy ichida uning kompaniyasi sezilarli darajada o‘sdi, bepul ustaxonalar ochdi va ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi», — deyiladi BBC xabarda.

Shundan so‘ng uning biznesi o‘zi va boshqa o‘nlab ayollar uchun daromad manbaiga aylangan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi Dilorom Yo‘ldosheva Adliya vazirligi tomonidan «Matonat» nomli hujjatli film tasvirga olingan edi. Unda fojiadan so‘ng ayolning hayotini o‘zgartirib yuborgan hodisalar haqida so‘z boradi.

Ro‘yxatda, shuningdek qo‘shni qirg‘izistonlik Janilsinzat Turganbayeva ham bor.

Foto: BBC

Bishkekdagi etnologik muzeyni boshqaruvchi ayol Qirg‘iziston madaniy merosini saqlash, jumladan «Manas» dostonini saqlash bilan bog‘liq vazifani bajaradi.