O‘zbekiston | 07:52 / 02.12.2021
5763
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: 

  • yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
  • har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
  • “Jinoyat o‘choqlari” bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid