Özbekistonda haydovçilarga hisoblanadigan jarima ballari faqatgina YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida şakllanadi. Bu haqda YHXX boşliği örinbosari Erali Bozorov 25 fevral kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Xalqimizning kelib tuşgan takliflari va ijtimoiy holatni inobatga olgan holda faqat yöl patrul xizmati inspektori tomonidan rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnoma asosida ballik tizimga ötiladi. Qoidabuzarliklarni bazada hisoblaş IIV YHXX tomonidan elektron tarzda amalga oşiradi. Bu yerda inson omili bölmaydi», — dedi Erali Bozorov.

Qöşimça qilinişiça, kelgusida kamera va radarlarga tuşganda yoziladigan jarimalarni ham 12 balli tizimga qöşib hisoblaş rejalaştirilgan.

20 fevral kuni yöl harakati xavfsizligi tizimini takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartirişlar kiritildi. Unga köra, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar kamida 6 oy muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.

Bunda 14 turdagi yöl harakati qoidabuzarligi uçun haydovçiga nisbatan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblab boriladi. Bular quyidagi huquqbuzarliklar:

  • MJtK 125-moddasi uçinçi qismi – haydovçilarning tormoz tizimida, rul boşqaruvida yoki ulovçi qurilmada nosozligi bölgan yoxud tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boşqarişi;
  • 125-modda beşinçi qismi – foydalaniş belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek davlat raqam belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş;
  • 126-modda – közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, şuningdek tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalaniş;
  • 127-modda birinçi qismi – tovuş signalini sababsiz beriş, transport vositalariga uni işlab çiqargan korxona nazarda tutmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek ularni özgartirib örnatiş;
  • 128-3-modda – transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi;