Madonna sud orqali o‘z o‘g‘lini u bilan ta'til o‘tkazishga majbur qildi
AQShlik xonanda Madonna sud orqali o‘zining katta o‘g‘li Rokko Jon Richini o‘zi bilan Nyu-Yorkda ta'tilni o‘tkazishga majbur qildi.
O‘smir esa Yangi yil bayramida otasi Gay Richi bilan Buyuk Britaniyada qolmoqchi bo‘lgan, deb yozmoqda The New York Post nashri.
Nyu-York shtati oliy sudi balog‘atga yetmagan Jon Richini AQShga onasi yoniga qaytishga majbur qildi.
Madonnaning sobiq eri, rejissyor Gay Richining advokati Erik Bakli sud hakami Debora Kaplanga 15 yoshli o‘smir sud qaroriga qaramasdan, otasi bilan qolishni istayotganini aytdi. O‘smir Nyu-Yorkga kelgach Jon Richiga advokat taqdim qilishadi, u onasi bilan ko‘rishib, o‘zining yakuniy qarorini e'lon qilishi kerak bo‘ladi.
Nashr manbasining ma'lum qilishicha, o‘smir Madonna bilan uning oxirgi Rebel Heart gastrol turida ikki oy davomida sayohat qilgan. “Bola onasi bilan qolishni istamagan. Ular orasidagi munosabatlar yaxshimas, biroq bunday holat ushbu yoshga xos”, deb aytdi manba.
2008 yilda Madonna 7 yillik o‘zaro turmushdan keyin Gay Richi bilan ajrashgan. Ularning ikki o‘g‘il farzandi bor. Jon Richi 2000 yil avgustida dunyoga kelgan.