Jamiyat | 16:15 / 24.01.2016
4194
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili: O‘zbekistonda “dori bozorlari” yo‘q

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, farmatsevtika fanlari doktori, professor Ismat Azizov O‘zbekistonda dorixonadan tashqarida dori vositalari sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu kabi holatlar hukumat tomonidan qattiq nazoratga olingan va hozirda bunday bozorlar yo‘q, - dedi u, “Darakchi” nashri muxbirining “dori bozorlari” haqidagi savoliga javob berarkan. – Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini qoidalarni buzgan holda, dorixonalardan boshqa muassasalar – bozorlar, ko‘cha, jamoatchilik joylari, xonadonlarda sotish holatlariga Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chek qo‘yiladi. Qonunbuzarlarga nisbatan qattiq, shu jumladan, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi”.