Jamiyat | 19:37 / 07.02.2016
36576
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda taqiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati tuzib chiqildi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi poytaxt hokimiyati qoshidagi Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda taqiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda Sputnik agentligi yoshlat tashkilotidagi axborot manbasiga tayanib xabar qildi.

Mazkur ro‘yxatga zo‘ravonlik, diniy ekstremizm, qimor hamda pornografik sahnalar mavjud o‘yinlar kiritildi.

Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatni shakllantirishga tajribali pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislardan iborat maxsus komissiya jalb etilgan. O‘yinlar esa nafaqat zo‘ravonlik va shafqatsizlik, balki o‘zbek mentaliteti, boshqa millatlarning diniy tuyg‘ulariga ta'sir ko‘rsatish, qimorli o‘yinlar, boshboshdoqlik va boshqalarni targ‘ib qilish jihatidan ham ko‘rib chiqilmoqda.