O‘zbekiston | 13:43 / 22.02.2023
6607
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi

Tezlikni me’yordan oshirgan Cobalt ayolni u piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan paytda urib yuborgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 33 yoshli ayol vafot etgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining  Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 11 fevral kuni soat 18:00 larda sodir bo‘lgan.

Tezlikni me’yoridan oshirgan Cobalt piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketgan. Hodisa oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan xabarlarda ma’lum qilinishicha, ayolni mashina urib yuborgan joyda yerosti o‘tish joyi bor. Biroq u juda qarovsiz holga kelib qolgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid