Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibida ayollar paydo bo‘ldi
O‘zbekistonda Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibidagi harbiy ayollar ilk bor rasmiy marosimda ishtirok etdi.
Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Kun.uz’ga idoradan ma’lum qilishlaricha, tanlov ancha qiyin kechgan va bu ayol harbiylarning shunday tadbirlarda birinchi ishtirokiga aylangan.
Suratda ayollar formasi shim va yubka, kitel, maxsus bosh kiyim, parad kamari, qo‘lqop va qora oyoq kiyimdan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.
2022 yil mart oyida Milliy gvardiya faxriy qorovuli harbiy xizmatchilari yangi formaga ega bo‘lgani xabar qilingandi.
O‘shanda Milliy gvardiya faxriy qorovuli davlat rahbarini kutib olish marosimi, shuningdek, Yangi O‘zbekiston bog‘idagi mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish tadbirida yangi parad formasida ko‘rinish bergandi.
Mavzuga oid
17:05 / 14.08.2024
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
21:09 / 25.07.2024
Farg‘ona buyum bozorida tadbirkorlar va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi
13:15 / 14.05.2024
Farg‘onada maktab o‘quvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi
09:20 / 04.04.2024