Avgust oyida narxlar necha foizga oshgani ma'lum qilindi
2019 yilning avgustida iste'mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 2,9 %ni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.
2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste'mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan. Taqqoslash uchun: 2018 yilning avgustida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 %ga qimmatlashib, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 6,2 %ga, 2017 yilning avgustiga nisbatan esa 15,7 %ga qimmatlashgan.
2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste'mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tafovut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 %ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan).
O‘tgan oyga nisbatan so‘nggi 1 yil 8 oy davomidagi iste'mol narxlari indeksi o‘zgarishi dinamikasi tahlillariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar iste'mol narxlari indeksining o‘sish sur'ati joriy yilning avgust oyida maksimal darajani tashkil etdi (2,9 %). Shuningdek, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar 2018 yilning yanvar, noyabr hamda dekabr oylarida ham qayd etilgan (2,7 %, 2,3 % va 2,1 %).
O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019 yillarning birinchi sakkiz oyi davomidagi iste'mol narxlari indeksi natijalariga asosan, taqqoslanayotgan davrlardagi o‘rtacha narxlar darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlari 2018 yilning may oyida (106,6 %), 2019 yilning avgust oyida (108,2 %) qayd etilgan.
Umumiy hisobda 2018 yilning yanvar oyidan 2019 yilning avgust oyiga qadar yillik iste'mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarining minimal darajasi 2019 yilning yanvar oyida (113,0 %), maksimal natija 2018 yilning yanvar oyida (120,1 %) qayd etilgan.
Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich dinamikasini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil davomidagi uzoq muddatli pasayish tendensiyasi hamda 2019 yilning yanvar-iyul oylarida narxlar nisbatan barqaror saqlanib, yillik iste'mol narxlari indeksi ko‘tarilish tomon harakatlandi (2019 yilning avgust oyidagi ko‘rsatkich 16,5 %, 2019 yilning iyul oyida 13,5 %).
Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishiga ko‘ra, 2019 yilning avgust oyi natijalariga asosan oy davomida tovarlar narxlari o‘rtacha 2,2 %, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,1 %ga ko‘tarildi. Xizmatlar narxlari oy davomida 5,6 %ga qimmatlashdi.Taqqoslash uchun: 2018 yilning avgustida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 %, xizmatlar esa 0,4 %ga qimmatlashgan
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 6,9 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,8 %, xizmatlar 11,5 %ga qimmatlashgan.
Yillik ko‘rinishda (2019 yil avgust oyi 2018 yilning avgust oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 19,7 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 11,5 %, xizmatlar 18,6 %ga ko‘tarildi.
Mavzuga oid
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024
Rossiyada 2024 yildagi mehnat migrantining o‘rtacha statistik portreti tuzildi
10:13 / 03.12.2024
Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
15:15 / 01.12.2024