Tahlilçilar 2024 yilda Rossiyada işlayotgan mehnat migrantining örtaça statistik portretini tuzdi. U Özbekistondan kelgan, Moskva yoki şu nomdagi oblastda yaşovçi 28 yoşli, turmuş qurgan yigit bölib çiqdi. Bunday ma’lumotlar «Migrant servis» platformasi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan tadqiqot davomida olingan, deb xabar berdi 24.kg.
Ular 63 mingga yaqin obunaçini qamrab olgan sörovnoma ötkazdi va uning natijalariga köra hozir Rossiyada işlayotgan oddiy mehnat migrantining portretini aniqladi.
Migrantlar orasida eng katta guruhni Özbekistondan kelganlar (55,4 foiz) taşkil qilgan. Undan keyingi örinda Tojikiston (39,89 foiz) fuqarolari. Armaniston, Qirğiziston, Belarus va Qozoğistondan kelganlar (4,82 foiz) nisbatan ozçilikni taşkil qiladi.
Çet ellik işçilarning katta qismi turmuş qurgan. Sörov natijalariga köra, 14 yoşdan oşgan migrantlarning yarmidan köpi (51 foiz) şunday maqomga ega. Uçdan biridan kamroği (28 foiz) heç qaçon turmuş qurmagan, 5 foizi ajraşgan, yana 3 foizi beva qolgan.
«Migrantlar uçun oila va bolalar eng oliy qadriyat», deydi tahlilçilar. «Asosiy e’tibor uyda qolgan oilasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan, bu pul ötkazmalari çastotasida körinib turibdi: 67 foizi har çorakda pul jönatadi, 41 foizi esa daromadlarining 50 foizdan ortiğini uyiga yuboradi».
Sörovda iştirok etganlarning aksariyati har oy mehnat patenti uçun haq tölaydi (83 foiz), 47 foizi patentga iş haqining 10 foizidan kamini, 27 foizi esa 11-20 foizini sarflaydi. Şuningdek, 47 foizi iş haqining 10 foizi yoki undan kamini ijara haqiga sarflaşini ta’kidlagan. Şu bilan birga, qariyb 45 foizi heç qaçon uyini özgartirmaganini, 38 foizi esa yiliga bir yoki ikki marta şunday qilişini bildirgan.
Oziq-ovqat ham budjetning katta qismi bölib, migrantlarning 44 foizi öz daromadining 10 foizi yoki undan kam qismini sarflaydi. 26 foizi oziq-ovqatga 11 foizdan 20 foizgaça pul sarflaşini körsatdi. Qolgan 30 foizi esa daromadining 20 foizdan ortiğini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflaydi.
«Umuman olganda, Moskva va şu nomdagi mintaqadagi migrantning portreti pulni tejaşga intilayotgan odamning suratidir», deyiladi Migratsiya xizmati xulosalarida. «U öz daromadining katta qismini uyiga jönatib, uy-joy va transport xarajatlarini minimallaştirişga harakat qiladi. Bundan taşqari, u özini tibbiy xizmatlar va öyin-kulgilardan çeklab, moliyaviy mablağlarini tejaşni afzal köradi».












